Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə81/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Afrika qit’asida islom. Arab SHarqi mamlakatlaridan farqli ravishda Afrika davlatlari turli tillarda gaplashuvchi va har xil dinlarga e’tiqod qiluvchi millat, elat va qabilalardan iborat. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, kit’ada 850 ga yaqin etnik va lingvistik guruhlar mavjud. Afrika - shimol arablari va janub qora tanlilaridan tashkil topgan bo‘lib, mahalliy an’anaviy dinlar, xristianlik va islomdan iborat uchta diniy tizimni o‘z ichiga oladi. Ayni paytda, asosan ingliz, fransuz, arab va portugal tillari keng tarqalgan.

Manbalarda qayd qilinishicha, Sahroi Kabirning janubida joylashgan mamlakatlar aholisining 50% mahalliy dinlarga ishonadi. Gap shundaki, ba’zi aholi qatlamlari islom yoki xristianlikni qabul kilgan bo‘lsalar-da, o‘zlarining mahalliy an’anaviy dinlariga e’tiqod qilishda davom etmoqda.

Tropik Afrika mamlakatlari aholisining to‘rtdan bir qismi islomga eьtiqod qiladi. Ularning ichida Nigeriya islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni buyicha birinchi o‘rinda turadi.

Nigeriyada 200 dan ortiq etnik turum va millatlar istiqomat qiladi. Nigeriya aholisini asosan sunniylik yo‘nalishida e’tiqod qiladigan musulmonlar, xristianlar va mahalliy an’anaviy dinlarga e’tiqod qiluvchilar kabi uchta katta konfessional guruhga bo‘lish mumkin.

Separatizm muammolarini bartaraf etish maqsadida mamlakat 19 ta shtatga bo‘lingan bo‘lsa-da, diniy va etnik ixtiloflar ham uchrab turadi. Xususan, o‘tgan asrning 80-yillarida shariat sudlarini amalga kiritish masalasida mamlakatda musulmonlar va xristianlar o‘rtasida katta tortishuvlar bo‘lib o‘tgan.

Aholining 80 foizini musulmonlar tashkil qiladigan Senegalda ham islomning jamiyat hayotidagi o‘rni sezilarli darajada kuchlidir.

Islom dini Senegalga X! asrda kirib kela boshlagan. Germaniyalik olim Gerbert Goldning yozishicha, «Senegal reformatori Sengor ko‘p sonli qabilalarni, uchta din - islom, xristianlik va animizm-marabutlarni, qashshoqlik va dabdabali hayot tarzini afrika ritmi bilan mustahkamlashga urindi».

Marabutlar eng boy tabaqa va o‘ta dindorlar rahnamolari bo‘lib, mamlakatning eng hosildor erlarini egallab olgan edilar. Marabutlar mamlakat ichki siyosiy hayotida muhim o‘rin tutganlar. Ular rasmiy hukumat ruxsatisiz, Afrikadagi ko‘pgina musulmon jamoalari bilan aloqa o‘rnatganlar.

Marabutlarni mamlakatdagi nufuzi va musulmon aholiga ta’sirini hisobga olib, Senegal arboblari o‘zaro siyosiy kurashlarida ular yordamiga tayanganlar. Senegal hukumati o‘z siyosatida dunyoviylik tamoyili haqida gapirsa-da, amalda marabutlar orasida mutanosiblikni qidiradi. O‘tgan asrning oxirlariga kelib Oyatullo Humayniy g‘oyalari kuchayib ketdi.

Musulmonlar aholining ko‘pchiligini tashkil qiladigan davlatlardan yana biri - Uganda hisoblanadi. Ushbu mamlakat siyosiy hayotida ham din muhim mavqe egallaydi. Ugandaning etnik tarkibi juda murakkab. Mamlakatning markaziy va janubiy mintaqalarini ko‘p sonli etnik gypyh va millatlar tashkil etadi. Ularning ichida eng kattasi «baganda» xalqi bo‘lib, umumiy aholining 18 foizini tashkil qiladi. SHimolda lango, agoli, karamadjo va boshqa etnik guruhlar istiqomat qiladi.

1972 yildan boshlab, Ugandada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotini islomlashtirish rejasi tufayli, islomning nufuzi orta boshladi. Bugungi kunda bu jarayon «etnik tozalashlar» bilan bir qatorda kechayotgani mamlakatni og‘ir ahvolga solib qo‘yayotganini ta’kidlash zarur.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin