Guliston davlat universiteti


-mavzu. Zamonaviy musulmon olami



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə79/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

12-mavzu. Zamonaviy musulmon olami

Reja:

1. Aholining ko’pchiligini musulmonlar tashkil etadigan mamlakatlar: geografik va etnomadaniy tavsiflar.

2. Islomning G’arb dunyosida tarqalishi. Islamofobiya.
1-savolning bayoni: Hozirgi kunda islom omili tobora katta kuchga aylanmoqda. U davlatlarning ichki va tashqi siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga, davlatlararo va xalqaro munosabatlarga ta’sir etib kelmoqda. Siyosatchilar musulmon olamiga dunyo hamda xalqaro munosabatlar istiqboliga ta’sir ko’rsatuvchi kuch sifatida qaramoqdalar. Islom omilining kuchayishida musulmon mamlakatlari hududlarining kattaligi, ya’ni jo‘g‘rofiy-strategik imkomyatlarining ham o‘ziga xos o‘rni bor.

Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,8 milliard musulmon aholining 92,5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo‘yicha quyidagi nisbatda bo'linadilar: hanafiylar — 49% (Turkiya, Pokiston, Hindiston va h.k.), shofiiylar — 25% (Misr, Indoneziya, Suriya va h.k.), molikiylar — 17% (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va h.k.), hanbaliylar — 1,5% (Saudiya Arabistoni va h.k.). Shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iraq, Yaman va h.k.)ning huquqiy hayotida jahfariylik mazhabi o‘z mavqeyini ma’lum darajada saqlab kelmoqda. O’rta Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda hanafiylik mazhabi keng yoyilgan.

Musulmonlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Osiyoda, 30 foizga yaqini Afrikada yashaydi. Dunyodagi musulmon jamoalari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq mamlakat bo‘lsa, shundan 40 dan ortig'ida musulmonlar aholining ko‘pchiligini tashkil qiladi. Jumladan, Indoneziyada 218 million, Pokistonda 183 million, Bangladeshda 154 million, Nigeriyada 120 million, Eron va Turkiyada 75 milliondan, Misrda 80 million, Marokashda 32 million, Jazoirda 38 milliondan, Saudiya Arabistonida 30 milliondan ortiq musulmon istiqomat qiladi. Hindistondagi musulmonlarning soni 250 milliondan ortgan. Bulardan tashqari, Ozarbayjon hamda Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston, Checheniston, Ingushetiya, Kabardin-Balqar kabi respublikalarida 30 million, Markaziy Osiyo davlatlarida 55 million musulmonlar tashkil etishini qayd etish lozim.

Zikr qilingan mintaqalar va mamlakatlarga xos geografik va etnomadaniy xususiyatlar, ularda islom dinining o‘rni va roli keng qamrovli masala bo‘lgani hamda batafsil tahlil etish qiyinligi sababli ularga xos ayrim umumiy va xususiy jihatlar haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin