Guliston davlat universiteti


«Iegov guvohlari» cherkovi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə98/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

«Iegov guvohlari» cherkovi 1870 yilda CHarlьz Rassell tomonidan tashkil etilgan. 2007 yilning 1 yanvarь kunidagi holatga ko‘ra, dunyo bo‘yicha iegovochilarning miqdori taxminan 6, 7 million kishini tashkil etadi, deb hisoblanadi. Tashkilot a’zolari xudoni Iegov nomi bilan ataydilar. Ularning ta’limotiga ko‘ra, Iegov odamlar orasidan eng yaxshilarini tanlab olib, ularni o‘zining sodiq odamlari, deb nomlar ekan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda birinchi iegovochilar 1950-yillarning oxiri – 1960-yillarning boshlarida paydo bo‘lgan. 1972 yilda Angren va CHirchiq shaharlarida ularning ilk jamoalari paydo bo‘lgan. Keyinchalik boshqa shaharlarda ham iegovochilar paydo bo‘lgan. Toshkent shahrida birinchi iegovochilar 1960-yillarda paydo bo‘lgan.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha faqat bitta «Iegov guvohlari» cherkovi – CHirchiq shahrida rasmiy faoliyat olib bormoqda.

«Iegov guvohlari» cherkovining MDHdagi markaziy boshqaruv organi Sankt-Peterburg shahrida, Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy markazi esa Almatida joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, diniy tashkilotning respublikamiz hududidagi jamoalariga 3000 ga yaqin iegovochilar birikkan.

«Iegov guvohlari” jamoalari tomonidan zo‘r berib missionerlik da’vatini amalga oshirish holatlari uchrab turibdi. Mutasaddi tashkilotlar tomondan bunday holatlarga barham berish choralari ko‘rilmoqda. Masalan, 2008 yilning o‘zida diniy tashkilotning Samarqand va Qarshi shahridagi 13 nafar a’zosi ma’muriy, 3 nafar a’zosi esa jinoiy javobgarlikka tortildi.

Haqiqatan ham, hozirda missionerlikda eng ko‘p fosh bo‘layotgan tashkilotlar qatorida To‘liq injil xristianlari cherkoviga mansub tashkilotlarni ham ko‘rsatish mumkin.

Injilchi protestant-masihiy diniy tashkilotlari maqsadli moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishni ustomonlarcha tashkil qilish yo‘li bilan katoliklik va pravoslavlikka e’tiqod qiladigan fuqarolarni, ayrim hollarda kelib chiqishi musulmon bo‘lganlarni o‘z tomonlariga og‘dirib olish yo‘lidagi harakatlarni olib bormoqdalar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda jahonda taxminan 120 millionga yaqin to‘liq injilchilar mavjud. Diniy yo‘nalishga rasman 1901 yilning 1 yanvarida AQSHning Kanzas shtatidagi Topeke shahrida CHarlьz Parxem tomonidan asos solingan. Bugungi kunda cherkov SHimoliy Amerika, Skandinaviya, Italiya, Braziliyada katta jamoalariga ega. AQSHdagi eng yirik jamoa «Xudo Assambleyasi» deb nomlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida mazkur yo‘nalishga taalluqli birinchi tashkilot 1985 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan (keyinchalik u markazga aylangan).

Bugungi kunda respublika bo‘yicha To‘liq injilchi xristianlar cherkovlari markazi tarkibida jami 21 ta diniy tashkilot mavjud.

To‘liq injilchi xristianlar cherkovlari markazi nazoratdan qochish maqsadida o‘zining faoliyatini mamlakat poytaxti Toshkent shahridan ancha yiroqda joylashgan hududlarda olib borishga harakat qilmoqda.

Ayni paytda, Toshkent va Andijon shaharlaridagi ro‘yxatdan o‘tmagan guruhlar faoliyatiga chek qo‘yildi. Hozirgi kunda rasmiy faoliyat ko‘rsatayotgan To‘liq injil xristianlari cherkovi faollari ayrim joylarda mahalliy millat vakillarini jalb etgan holda alohida diniy guruhlar tashkil etishga urinayotgani, diniy adabiyotlarning tarqatilishi hollari uchrayotgani haqidagi axborotlar bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur adabiyotlarning ko‘pchiligi bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlar hududidan olib kirilmoqda.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin