Muhokama uchun savollar: 2.1. Egalik qo’shimchalarining uslubiy qo’llanilishini tushuntiring.
2.2. Sub’ektiv baho qo’shimchalarining uslubiy tavsifini bering.
2.3. –niki qo’shimchasinining uslubiy xususiyatlarini tushuntiring.
2.4. Egalik qo’shimchalarini qaysi holatlarda tushirib qoldirish mumkin.
2.5. Egalik qo’shimchalarining ma’no nozikliklarini ayting.
2.6. Egalik qo’shimchalarining shaxslar bo’yicha almashtirib ishlatilishi qanday ko’rinishlarga ega?
2.7. Sub’ektiv baho shakllarining uslubiy qo’llanilishini izohlang.
2.8. –cha qo’shimchasining boshqa qo’shimchalar bilan sinonimik munosabatini ko’rsating.
2.9. –gina qo’shimchasining ma’nolarini sanab bering.
2.10. –on qo’shimchasi haqida qanday qarashlar mavjud.
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar: 1. –lar ko’plik qo’shimchasining turli ma’no nozikliklariga ega. Siz yuqoridagi ma’no nozikliklariga yana qanday xolatlarni qo’shimcha qilasiz?
2.Sizningcha egalik qo’shimchalarining noo’rin qo’llanishi adabiy til me’yorlarining buzilishiga olib keladimi? Ilmiy dalillang.
G) Modul bo’yicha yakuniy mashg’ulot.Ot-so’zlarining semantik-uslubiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Ko’plik ma’nosining ifodalanishidagi uslubiy imkoniyatlar. –lar qo’shimchasining fe’l, olmosh, ravishlarga qo’shilib kelishi va uslub xususiyatlari. –lar qo’shimchasining so’zlashuv, ilmiy va publitsistik uslublarda qo’llanish xususiyatlari.
2. Kelishik qo’shimchalarining belgili va belgisiz, pleonastik qo’llanishi va o’zaro sinonimlik munosabati. Kelishik qo’shimchalari va ko’makchilarning funktsional almashuvi. Bularning nutq uslublarida qo’llanish xususiyatlari. Egalik ma’nosining ifodalanishi va ularning pleonastik qo’llanishi, funktsional almashinuvi. Bulardan uslubiy maqsadlarda foydalanish.
3. Sub’ektiv baho shakllarining uslubiy tavsifi. Ularning ifodalanish shakllari va usullari; variantlari, sinonimiyasi va pleonastik qo’llanishi. Bulardan so’zlashuv va badiiy nutqda uslubiy maqsadlarda foydalanish.
4. Ot yasovchi qo’shimchalarning uslubiy tavsifi. Qo’shma, juft va takroriy otlarning uslubiy qo’llanishi.