-on qo’shimchasiga ikki xil qarash mavjud. Ayrim tilshunoslar uni fors-tojik tilidagi –on kabi ko’plik qo’shimchasi sifatida talqin qilsalar, ikkinchi bir xillar «kichraytish-erkalash bildiruvchi morfema» (A.G’ulomov) sifatida izohlaydilar.
-kon, -vor, -g’on, -don, -lon morfemalari hozirgi o’zbek tilida sanoqli so’zlardagina ishlatiladi va kattalashtirish, erkalash, tantanavorlik ma’nolarni bildirish uchun xizmat qiladi: suxandon, chandon, bilag’on, olag’on, tepag’on, topag’on, ulug’vor, zo’ravon, uchovlon kabi. Topg’ich topag’on, o’g’il o’g’lon, ulug’ ulug’vor so’zlari ma’no qirralarini farqni qiyos qiling: ulug’ (velikiy) – ulug’vor (velichestvenno’y, grandiozno’y). (Qarang:Uzbeksko-russkiy slovar. M., 1959.str475-476)
O’zbek tilida kamsitish, kinoya, piching kabi fe’llarda modallikni ifodalovchi maxsus morfemalar yo’q. (Boshqa tillarda, masalan, rus tilida bor.) Bunday ma’no o’zbek tilida konteks va maxsus intonatsiya yordamidagina ifodalanadi. Masalan, -lar qo’shimchasi kontekst va intonatsiya bilan bog’liq ravishda kinoya ma’nosini anglatishi mumkin: Bir boy maqbara soldiribdi. Maqbara bitgandan keyin ustani chaqirib: Qani ayt bu imoratning mukammal bo’lishi uchun Yana nima etishmaydi deb so’rabdi. Shunda usta:
- Faqat jasadlari, xolos, -deb javob beribdi. («O’zbekiston madaniyati».)
So’zlovchi –jon morfemasini o’zidan yoshi kata kishiga murojaatida uning isimga (aka, tog’a, bo’la kabi qavm-qarindoshlik terminlarini qo’llamay) qo’shib aytish bilan kamsitish uslubiy bo’yoqdorligini berishi mumkin: Qiyoslang: Ahmadjon aka keldi (kamsitish yo’q). Xudi shu kishiga nisbatan Ahmadjon keldi (so’zlovsi Ahmadjonga nisbatan kichik yoshda) deyilsa, kamsitish uslubiy bo’yoqdorligi yuzaga keladi.
Fe’llarda modallik shakllarining pleonastik ravishda qavatlanib ishlatilishi ta’kid, kuchaytirish kabi ma’no nozikligini keltirib chiqaradi va uslubiy qiymatga ega bo’ladi. Qiyoslang: ko’rpaG’G’ko’rpachaG’G’ ko’rpachacha; Maqsim//Maqsimcha//Maqsimchacha; bo’ta//bo’taloq//bo’taloqcha//bo’taloqqina kabi.