Nima olmoshining ne shakli –ga morfemasi bilan kelib, sababni aniqlash uchun ishlatilganda, (nega) nima uchun, nima sababli birikmalari bilan almashtirishi mumkin: Har qalay ilgari bunchalik emas edi-yu, nega bunday qildi? –degan fikr o’tdi. (O.Yo.) Sen sababini ayt, nega ketishimiz kerak? –deb so’radi Xristoniya.
Xuddi shu ma’noda nima so’roq olmoshi hamda uchun ko’makchisisning qisqarishi va ularning qo’shilishidan hosil bo’lgan nechuk shakli orqali ham ifodalanadi. Ammo u ko’proq poetik nutq uchun xarakterli. Misollar:
Nechun meni faqat shu zulmat payti.
Quchib ardoqlaysan, nozik farishtam.
Nima olmoshi gapda takrorlanib ishlatilganda, uning ikkinchi komponenti –lar morfemasi sinonim bo’la oladi: Nima, nimaolding – nimalar olding?:-Nima, nima deyapsan, bu qanaqasi bo’ldi, kim shunaqa qildi? (M.Qoriev) G’G’ nimalar deyapsan?
O’zlik olmoshi (o’z) egalik qo’shimchasini qabul qilib, kishilk olmoshlarining ekvivalieni vazifasini bajarishi mumkin. Shuning uchun gapda o’zlik olmoshi egalik qo’shimchasi bilan qo’llanganda, kishilk olmoshlari har uchala shaxsda ham tushirilb qoldirilish mumkin: mening hovlim-o’zimning hovlim sening hovling-o’zingning hovling kabi. Gapda ham kishilik olmoshi, ham egalik qo’shimchasini olgan o’zlik olmoshi bo’lsa, ta’kidlash, ko’chaytirish ma’nosi anglashiladi.
Belgilash olmoshlari anglatgan ma’nolarining yaqinligiga qarab ikki katta guruhga bo’linadi. Ularning bir guruhi (har, har kim, har nima, har narsa, har qanday, har qaysi) shaxs, predmet va belgini ajratib ko’rsatish uchun xizmat qiladi, ikkinchi guruhi esa (hamma, barcha, bari, butun) jamlaydi, umumlashtiradi.
Ba’zi belgilash olmoshlari esa ayrim ma’no nozikliklari bilan bo’lsa ham, bir-birlari bilan sinonimik munosabatga kirisha oladi: Bari seniki. (G’.G’.)Qiyoslang: barchasi seniki-hammasi seniki, jami seniki. O’sha usta allaqachon hamma narsani payqab olib, orqamizdan poylab yurgan ekan. (M.G.) Qiyoslang: barcha narsani-bari narsani-jami narsani kabi.
Hozirgi o’zbek tilida gumon olmoshlari so’roq olmoshlari oldidan alla- morfemasini yoki so’roq olmoshlaridan so’ng –dir morfemasi, ba’zan esa so’roq olmoshlarining avval bir so’zini keltirish bilan hosil qilinadi. Bu elementlar yordamida tuzilgan olmoshlar ko’pincha predmet, uning belgisi haqidagi taxmin, gumon ma’nosini anglatadi. Ularni biri o’rnida ikkinchisini ishlatish mumkin. Bunday hollarda gumon olmoshlari sostavidagi so’roqni bildiruvchi qism o’zgarishsiz qoladi va ularga qo’shiladigan elementlarning (alla-, -dir, bir) o’rni almashadi. Demak, allakim-kimdir, allanima-nimadir, allaqanday-qandaydir va bir nima kabi juftlarning sinonimligi alla-, -dir morfemalari va bir so’zining o’z va kontekstual ma’nolaridagi sinonimik munosabatiga asoslanadi. Misollar: ketmoqchi bo’lib turganimda, kimdir meni yo’qlayotganini aytishdi.