Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar: 1.Uslubiyatdagi nutqiy san’atlar.
2.Sintaktik ko’chimlar uslubiyati.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar:
Sintaksisning uslubiy imkonyatlari va nutq. Matn uyushtirish usuli va nutq san’atlari o’rtasida bog’liqlik. Uslubiy unsurlar.Sintaktik san’at. Poetik figuralar. Badiiy va publistik uslublarda badiiy san’atlarning qo’llanishi. Takrorlar. Inversiya,Tazod. Kuchaytirish Ritorik so’roq. Sintaktik ko’chimlar va ularning turlari. Metafora.Metonimiya.Sinikdoxa.Vazifadoshlik.O’xshatish.Epitet.Ironiya.Sarkizm.Mubolag’a.Allegoriya. Simvol.Jonlantirish. Mavzuga oid muammolar: 1.Nutqiy san’atlar faqat adabiyotshunoslikka oidmi yoki tilshunoslikka ham aloqadormi ?
2.Sintaktik ko’chimlar faqat badiiy va publistik uslubga xosmi yoki boshqa uslublarda ham ishlatilishi mumkinmi ?
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarda uslibiyatdagi nutqiy san’atlar va ularning matn uyushtirishdagi ishtiroki haqida tasavvur hosil qilish. Asosan badiiy publitsistik va so’zlashuv uslublarida qo’llaniladigan badiiy san’atlar: takror, nuqtada invesiya, tazod, kuchaytirish, ritorik so’roq gaplarga izoh bera olish.
Identiv o’quv maqsadlari: 1.Nutqiy san’atlarning umumiy xususiyatlarini va va turlarini izohlaydi.
2.Ularning badiiy va va publitsistik uslubda qo’llanishi va uslubiy imkoniyatlari haqida tushuncha bera oladi .
1-savolning bayoni: Uslubiyatga oid adabiyotlarda badiiy tasvir vositalari turli usullari kiritiladi. Bular dastlab paeziya doirasida qarala boshlanadi. Keyingi yillarda nashr qilinga adabiyotlarda esa sintaktik shakllar boshqa uslublar doirasida ham o’rganilayapti.
1.Anafora. Takrorlanuvchi birliklar so’z, so’z birikmasi, gap shaklida bo’lishi mumkin. Bu ko’proq badiiy va publitsistik uslubga xos.
Quyidagilar anafora bo’lib keladi: