Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə106/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Gap shaklida: Kim o’z yuragini o’zi sug’irib olgisi keladi? Kaftiga qo’ngan qushni uloqtirib yuborishga ko’zi qiyadigan odam bormi?
Gap bo’lagi shaklida: U har qanday to’siqni ham engib o’tadi. Ulg’aydi, voyaga etadi.(P.T.)
7. Ritorik so’roq. Bu ekspressiv funktsiya tashuvchi sintaktik vositalardandir.
Ritorik so’roq gaplarda ifodalangan fikr sof so’roq emas: sub’ekt yangi informatsiya olishni ko’zda tutmaydi, so’roq javob talab qilmaydi, balki so’roq orqali hukm ifodalanadi. Uning sintaktik qurilishi mantiqqa, mazmunga mos kelmaydi.
Ritorik so’roqlarni funktsiyasiga ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhdan ritorik so’roqlar (javob talab qilinmaydigan murojat) adresati-tinglovchiga qandaydir ta’sir ko’rsatishga mo’ljallanadi: Yigit uchun mardlik, qahramonlikdan o’zga ulug’roq, oliyroq bir fazilat bormi?
Bu gaplarda fikr ko’tarinki ruhda kuchli emotsiya bilan ifodalanayapti.
Ikkinchi guruhdagi ritorik so’roqlar faqat ekspressivlik funktsiyasini bajarib, sof emotsianal ta’sir ko’rsatadi:
Kurashadi ikki to’lqin, qarab turaymi?
Yo tarixning temir qo’lin chetga buraymi?(O.)
Ritorik so’roq gaplar badiiy va publitsistik uslublar uchun tipik bo’lib, ba’zan so’zlashuv uslubida ham uchraydi. Bunda ritorik so’roqlar fikrni ta’sirchanligini ifodalaydi. Umuman, ritorik so’roq gaplar nutqda kuchli uslubiy vosita bo’lib xizmat qiladi: Do’nani kim bilmaydi? Uning shuhrati va tashabbusi butun trassaga ma’lum. (Y. Sh.)
Axir kirish so’zi ko’pincha egasi topilmaydigan bir bosh bo’lakli gaplardan bo’lgan ritorik so’roq gaplar tarkibida keladi: Bu ulug’ ish bizning Vatanda boshlandi. Bunga behad xursand bo’lmasdan bo’ladimi, axir?! (V. Z.)
Ayrim ritorik so’roq gaplar sof so’roq gaplarga o’xshab ketadi. Ularning ritorik so’roq ekanligini ohang kontekst orqali anglash mumkin:
Saida zaharxanda qildi:
- Kolxozda xotin mukofatga beriladimi? (A. Q.)
Ba’zan murakkab sintaktik butunliklar faqat ritorik so’roqlardan iborat bo’lib, murakkab fikrni kuchli emotsiya bilan ifodalaydi: Bunday Vatanning, uning xalqining ajoyib eski yilni ulkan mamnuniyat bilan kuzatmasdan bo’ladimi?!

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin