Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o


Husayn (bosh quyi solingan). Nechun avvalroq bilmadim. Navoiy



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə109/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Husayn (bosh quyi solingan). Nechun avvalroq bilmadim.
Navoiy. Rahnamo iblis bo’lgach, yangilishish tabiydir. Tushgan yo’lingiz g’oyat mudhish yo’l. Bu yo’ldan boruvchining qonlardan kechib, kallalarni depsib o’lmay iloji yo’q.
Husayn (og’ir). Etar, Alisher… Men sizdan bunchalik ta’nalarni kutmagan edim.
Navoiy Men sizni, meni Balxga yuborib, bunchalik marhamatlar qilasiz deb o’ylamagan edim.
9.Perifraza. Kishilarning otlarini yoki boshqa predmetlarning
nomini to’g’ridan-to’g’ri gapirmasdan, ularni turli xil so’z yoki tasviriy iboralar vositasida bayon qilish perifraz deyiladi. Bu termin prefraza, parafraz, parafraza deb ham yuritiladi.
Har qanday nomni boshqa ibora bilan almashtirish ham perifraz bo’la bermaydi. Almashtirilgan predmet bilan tasviriy ibora o’rtasida mazmuniy jixatdan qandaydir bog’liqlik bo’lishi kerak. Shu bilan birga, u almashtirilgan narsaning muhim, ahamiyati tomoni, xususiyati to’g’risida o’quvchi yoki tinglovchida ravshan manzara hosil qilinishi lozim.Misollar :
Ey shonli inqilob beshigi,
Bag’ring bukun chaman gul ekan. (U.)
10.Mubolag’a va litota. Mubolag’a- giperbola grekcha so’zidan olingan bo’lib, bo’rttirish, orttirib ko’rsatish ma’nosini bildiradi. Litota esa, aksincha, grekcha - haddan tashqari kichraytirib ko’rsatish ma’nosini bildiradi. Litota termini o’rnida ba’zan meyozis termini ham ishlatiladi. Mumtoz adabiyotda bu san’at tafrit deb yuritiladi.
Mubolag’a va litota ham asosan ko’chma ma’no asosida qandaydir o’xshatilish, yoki boshqa biror predmet va voqea-hodisa tushinilsa, haddan tashqari kuchaytirish yoki kichraytirish to’g’ri ma’noda tushunmaslikni talab qiladi:
Uzoq yillarda qora chashmangdan
Oqqan siyohlarni o’lchasak agar,-
Qo’llasam klassik mubolag’a man-
Der edim: teng kelar Qora dengizga!(M.Sh.)
11.Allegoriya. Grekcha so’zidan olingan bo’lib, qochiriq, kesatish ma’nosini bildiradi. Tropning bir turi sifatida allegoriya ham so’zlarning ko’chma ma’nosiga asoslanadi. Yozuvchi abstrakt (mavhum) tushunchalar to’g’risida aniq tasavvur hosil qilish niyatida uni biror xususiyati bilan yaqinlashadigan konkret predmetlar orqali badiiy qilib tasvirlab beradi.
Elga bersang oshingni, erlar silar boshingni.
Itga bersang oshingni, itlar g’ajir boshingni. (Maqol.)
12.Simvol.(ramz) Simvol metaforaning bir ko’rinishidir. U grekcha so’zidan olingan. Qadimgi greklarda mahfiy bir tashkilot a’zolarining bir-birlarini bilishlari uchun qo’llangan shartli belgi.Badiiy nutqda hayotiy voqea, tushuncha va predmetlar ifodasi uchun so’zlarning ma’lum ravishda ko’chma ma’noda ishlatilgan so’z, birikma yoki predmet, voqea va tushunchalarni eslatib turishi kerak.
Masalan, Tong - quvnoqlik, yoshlik, baxt ramzi (simvoli), tun - baxtsizlik ramzidir.
13.Jonlantirish. Jonlantirish metaforaning maxsus turi sifatida og’zaki nutqda ham, badiiy nutqda ham o’xshatishlar kabi juda qadimdan ishlatilib kelinadi. Bu shunday usulki, unda kishilarning harakatlari, his-tuyg’ulari, so’zlash va fikrlashlari jonsiz predmetlarga ko’chiriladi. Boshqacha qilib aytganda, jonsiz predmetlarni insonlar kabi harakat qiladigan, fikrlaydigan, so’zlaydigan qilib tasvirlash jonlantirish deyiladi. Jonlantirish usulidan poetik asarlarda,ertak va masalalarda ko’proq foydalaniladi:
Sahar chog’i… Kumush kabi shudringdan
Sirg’a taqib, yaprog’iga bosh qo’yib,
Gullar tunning quchog’ida mudraydi…(U.)
14.Apostrofa. Agar jonlantirishda jonsiz predmetlar inson sifatida harakat qilsa, apostrofada jonsiz predmetlar harakat qilmaydi, balki jonsiz narsaga jonli narsadek murojaat qilinadi;
Siyohdon, omon bo’l, ishchan hamdamim,
Ishonki, so’qqabosh bo’lmagaysan hech.
Seni ko’p bezovta qildi qalamim,
Sen ham uxlatmagin meni erta-kech! (M. Sh.)
Gapirilayotgan paytda bo’lmagan kishiga shu erda ishtirok etayotgandek murojaat qilish ham apostrofaning ko’rinishlaridan biridir.
Qabringga gulchambar keltirdim, Xamza,
Dindan, inglizdan zerikkan jonman .
Isodan, Musodan, Qur’on burhondan
Tongan kommunistman, oddiy insonman. (G’.G’.)



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin