Navoiy. Qo’rqma! (Uzukni olib tomosha qiladi.) Qimmatbaho uzuk.
Katta xizmatlar evaziga mukofat qilib bersa arziydigan uzuk. Ma!
Husayin. Koshki, boshqa amirlar ham avomning tilini bilsa? Koshki o’zgalarni g’iybat qiluvchilar o’z nuqsonlarini ham bilsalar! (Majididdinga kinoya)
Husayn. Alisher, men xazinaning ahvolidan behabar, sizga pul va’da qilgan ekanman.
7.Antifraza-ironiyaning bir ko’rinishi bo’lib, biror shaxs yoki predmetga xos bo’lgan u yoki bu ijobiy xususiyat kulgili intonatsiya bilan inkor qilinadi: juda aqlli, nima ham der edik. (M. G.)
So’zlovchi yoki yozuvchi tasvirlanayotgan predmetga munosabatini ba’zan o’z tasvirida bildirsa, ba’zan persanajlar nutqi vositasida bayon qilinadi. Masalan, A. Qahhorning «O’g’ri» va «Mayiz emagan xotin» hikoyalarida persanajlar nutqidagi ironiyalardan tashqari, muallif nutqida ham kuchli ironiyalardan foydalanilganini ko’ramiz: mulla Norqo’zi safarga ketadigan bo’lib qoldi: ketishidan bir kun ilgari xotiniga aytib, o’sha farishtani oldirdi va o’rta eshik oldiga borib qiyomatlik singlisidan iltimos qildi: singlim, men o’n kunda qaytib kelaman. Kelgunimcha o’rtog’ingiz bilan birga bo’ling.
Bu o’rinda A. Qahhor «farishta», «qiyomatlik singil», «cholning holiga ko’p achindi» kabi so’z va so’z birikmalarini asl ma’nolariga juda ustalik bilan qarshi qo’ygan. Haqiqatda esa Norqo’zi uyida xotini bilan birga turishini iltimos qilayotgan kishi farishta ham emas, singil ham emas, balki erkak kishi edi.
Demak, har qanday so’z va har qanday jumla ma’lum muhitda intonatsiya bilan bog’liq ravishda kinoya-piching ma’nosini berishi mumkin.
8.Sarkazm. Grekcha sarkasmos so’zidan olingan bo’lib, (so’zma-so’z tarjimasi qiynash, ozor berish), achchiq zaharhanda, iztehzoli ta’na, piching demakdir. Sarkazm tasvirlanayotgan yoki murojaat qilinayotgan kishi yoki narsadan muallifning ustunlik hissiyotiga asoslanadi.
Sarkazm ko’chma ma’noga ega bo’lmaydi, ammo muallifning tasvirlayotgan voqea-hodisaga munosabatini ko’rsatadi. Bu ham achchiq kulgi, ta’naga asoslangan bo’ladi. Shu xususiyati bilan ham sarkazm ironiyaga ancha yaqinlashadi. Bunda ko’proq shaxs-predmet yoki voqea-hodisaning salbiy tomonlari fosh qilinadi.