4-amaliy mashg’ulot: Mavzu: Leksikaning uslubiy imkoniyatlari. Ajratilgan vaqt-2 soat. Dars maqsadi: Leksikaning uslubiy imkoniyatlarini sharhlash.
2. Dialektizmlar, jargonlar va argonlarni qo’llash mezonlari haqida fikr yuritish.
O’zlashgan qatlamga mansub so’zlarga e’tibor qaratish.
Arxaizm, istorizm va neologizm masalasidagi muammolarga sharh berish.
Identiv o’quv maqsadlari: 3.1.Til lug’atining uslubiy tabaqalanishiga baho beradi.
3.2.So’z va nutqning ma’nolarini ilg’ab etadi.
3.3.Qo’llanilishi chegaralangan va chegaralanmagan leksikani farqlab oladi.
3.4.Dialektizmlar, terminlar, ularni qo’llash usullarini manbalar yordamida belgilab oladi.
3.5.O’z va o’zlashgan qatlamga mansub so’zlarni o’rinsiz qo’llanishi oqibatlari haqida tasavvurga ega bo’ladi.
3.6.Yangilik bo’yog’iga ega bo’lgan so’z va tushunchalarni farqlay oladi.
Ishni bajarish tartibi: 1. Turli adabiyot manbalaridan namunalar tanlash.
2. Har bir manbadan leksik uslubiyatga xos elementlarni aniqlash.
3. Qiyoslashda aniq bo’lgan so’zlarni qaysi guruhga xos ekanligini aniqlash.
4. O’z va o’zlashgan qatlamdagi so’zlarning bir-biriga munosabatini aniqlash.
5. Arxaik, tarixiy va yangi ma’noli so’zlarni aniqlab, qaysi guruhga xos ekanligini sharhlash.
Kerakli adabiyotlar: 1. A. Shomaqsudov, I. Rasulov, R. Qo’ng’urov, X. Rustamov. O’zbek tili stilistikasi. T.: O’qituvchi, 1983 y.
2. R. Qo’ng’urov, S. Karimov, T. Qurbonov. O’zbek tili funktsional stillari. S.: SamDU nashri, 1984 y.
3. Yo. Tojiev, N. Hasanova, H. Tojimatov, O. Yo’ldosheva. O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari (ommabop qo’llanma). T., 1994 y.
4. O’zbek tili leksikologiyasi. Toshkent: Fan , 1981 y.
5. I. Toshaliev, M. Jo’raboeva. Hozirgi o’zbek tilida okkazional so’z yasalishi. O’zbek tili stilistikasining aktual masalalari. ToshDU ilmiy ishlar to’plami, N 711,-Toshkent, 1983 y.
6. E.Qilichev. “O’zbek tilining amaliy stilistikasi” (pedagogika oliygohlarining filologiya faqulteti talabalari uchun o’quv-qo’llanma). Toshkent «O’qituvchi», 1992.
7. Q. Samadov. O’zbek tili uslubiyati. Toshkent-1992.