Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə114/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

3-amaliy mashg’ulot:
Mavzu: Badiiy uslub


Reja:
1. Badiiy uslubning lisoniy va nolisoniy belgilarini.
2. Badiiy asarlardan frazeologizmlar, ko’p ma’noli so’zlar, neytral so’zlarni aniqlash
Dars maqsadi:
1.Badiiy uslubning lisoniy va nolisoniy belgilarini tushuntirish.
2.Badiiy uslubning estetik ta’sir etish vazifasini bajarishi to’g’risida tushuncha berish.
3.Proza, poeziya,dramaturgiya va rang-barang janrlardan iborat ekanligi.
4.Badiiy uslubda lug’aviy birliklar, grammatik ko’rsatkichlar cheklanmaganligini tushuntirish.
5.Badiiy uslubda gap turlarini qo’llash haqida talabalarga tushuncha berish.
6.Badiiy uslubda badiiy tasvir vositalari asosiy omil hisoblanishini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

  • Badiiy uslubning o’zi uchun xarakterli bo’lgan tomonlarini tasavvur qiladi va tushuntira oladi.

  • Funktsional jihatdan biqiq, chegaralangan emasligini izohlaydi.

  • Badiiy nutqning so’z san’ati ekanligini tushuntira oladi.

  • Badiiy nutqda umumxalq tili va adabiy tilning barcha qatlamlariga mansub so’z va iboralarning, turli uslub unsurlarining, hatto butun-butun parchalarning keng va faol ishlatilishi mumkinligini tushuntira oladi.

  • Badiiy uslubda lug’aviy birliklar, grammatik ko’rsatkichlar va gap turlarining qo’llanishini tasavvur qiladi va tushuntira oladi.

  • Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlarini izohlay oladi.

Talabalarga oldindan biron-bir badiiy asar olib kelish aytilgan.


Har bir talabaga kitobdan frazeologizmlarga, ko’p ma’noli va neytral so’zlarga misol topib ko’chirish topshiriladi.
Bu vazifa bajarilgach, talabalar o’z misollarini o’qiydilar va izohlab beradilar. Shundan so’ng, talabalrga bajarilgan ish mavzusida savollar beriladi:
1. Uslubiyatda frazeologizmlardan qanday foydalaniladi? Ularning uslubiy qiymati nimada?
2. Ko’p ma’noli so’zlarning hosil bo’lishini gapirib bering. Ko’p ma’noli so’zlarning mantiqiy ahamiyati qanday?
3. neytral so’zlar deganda qanday so’zlarni tushunasiz? Ularni o’z yozgan misollaringiz orqali uslubiy ahamiyatini ko’rsating?
4. Leksik uslubshunoslikning o’ziga xos tomonlarini gapiring. So’z yasalishidagi uslubiy xususiyat qanday?
Baholar e’lon qilinadi. Uyga vazifa beriladi:
1. “O’zbek tilining amaliy stilistikasi” o’quv qo’llanmasidan 1-4 mashqlarni bajarib keling.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin