Mavzu: ÓZBEK TILIDA FRAZEOLOGIZMLAR 2-bosqich 121-guruh talabasi Axmedova Farida Reja: 1.Frazeologizm haqida umumiy ma’lumot. 2.Frazeologik ma’no va uning óziga xos xususiyatlari 3.Frazeologizmlar omonimiyasi,sinonimiyasi,antonimiyasi va polisemiyasini tavsiflash. Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma’no ifo- dalaydigan til birligi frazeologik ibora deyiladi. Frazeologizmlar yaxlit- ligicha yoki muayyan so‘zning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi asosida yuzaga keladi. Masalan, og‘zi qulog‘ida iborasi tarkibidagi so‘zlar bir butun holda ko‘chma ma’noda qo‘llanib, xursand tushunchasini ifodala- gan. Biroq qo‘l ko‘tarmoq birikmasida esa ko‘tarmoq so‘zining ko‘chma ma’noda ishlatilishi iborani vujudga keltirgan. Shu bois ular nutqning erkin sintaktik birliklaridan farqli ravishda, tilning turg‘un birikmalari hisoblanadi. Frazeologik iboralarning so‘zlar singari tilning lug‘aviy bir- liklari qatoridan o‘rin egallaydi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi: 1.Frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan turg‘un birikmalar bo‘lsa ham, so‘zlar singari, odatda, yaxlit bir tushun- chani ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu xususiyat ularni so‘zlar bilan sinonimik munosabatga kirisha olishini ta’minlaydi: Uchiga chiqqan-o‘taketgan, turgan gap-albatta, yeng ichida-xufiya, yashirin kabilar shular jumlasidandir. Shu bois ular so‘zlar singari bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi: Komissiya hayron bo‘lib qoldi, ammo hech kim meni qaytarishni og‘ziga olmas edi (A.Qahhor). 2. Frazeologizmlarda ham so‘zlar singari ko‘p ma’nolilik mavjud: