o‘ziga kelmoq - xushini yo‘qotgach o‘ziga kelmoq, esiga tushmoq, asabiylikdan so‘ng o‘ziga kelmoq; yerga urmoq-qimmatini pasaytirmoq, obro‘sizlantirmoq, biror narsaning qadriga yetmaslik. 3. So‘zlar singari frazeologizmlarning ham shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagi turlari mavjud: a) omonimlar: boshiga ko‘tarmoq – to‘polon qilmoq, yaxshi ko‘rmoq, e’zozlamoq; b) sinonimlar: fe’li aynimoq - avzoyi buzilmoq, yaxshi ko‘rmoq - ko‘ngil qo‘ymoq, toqati toq bo‘lmoq-sabr kosasi to‘lmoq; v) antonimlar: ko‘kka ko‘tarmoq - yerga urmoq, yuzi yorug‘ - yuzi shuvut, yuragi qinidan chiqmoq – ko‘ngli joyiga tushmoq. Fraziolgizmlar nutqning ta’sirchan vositalaridan bo‘lib, so‘zlashuv nutqida va badiiy adabiyotda keng qo‘llaniladi. Frazeologiyani 2 xil: tor va keng ma’noda tushunadilar. Uni keng ma’noda tushunilganda, Frazeologiya doirasiga maqol va matallar, folklorga xos barqaror jumlalar, ba’zi muloqot shakllari (salomlashish, xayrlashish jumlalari) ham kiritiladi. Lekin bu masala, ya’ni Frazeologiyani keng ma’noda tushunish masalasi hanuz munozarali bo’lib qolmoqda. Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniklash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini o’rganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qo’llanuvchi so’zlar va ularga xos ma’nolarning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash; frazeologizmlarning so’z turkumlari bilan o’zaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniqlash; frazeologik birliklar tarkibida so’zlarning yangi ma’nolari hosil bo’lishini o’rganish va boshqalar. Frazeologik sinonimiya: 1.Kóngli kótarildi-dóppisi osmonga uchdi