Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə115/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Ishni bajarish tartibi:
1.Badiiy adabiyotlardan badiiy uslubga xos o’rinlarni belgilash.
2.Ularning qo’llanilishidagi o’ziga xoslik.
Kerakli adabiyotlar:

  1. A. Qodiriy. O’tkan kunlar. Toshkent. 1974.

  2. A. Qodiriy. Mehrobdan chayon. Toshkent, 1974.

Mustaqil ish topshiriqlari:
Quyidagi asarlarni o’qib, undagi badiiy uslubga oil o’rinlarni ajratish. Yozuvchi va shoirlarning so’z qo’llash san’atini o’rganish va referat yozish.
1-topshiriq:
1.A.Qodiriyning «O’tgan kunlar» va «Mexrobdan chayon» romanlaridan baddiy uslubga oid so’zlarni ajratib chiqish.
2.Shu mavzuda referat tayyorlash.
2-Topshiriq:
1.Muhammad Yusufning she’rlaridan badiiy tasvir vositalariga misollar topish.
2.Shu mavzuda referat tayyorlash.
Ushbu topshiriqlarni quyidagi asarlarga murojaat qilish yordamida aniqlash mumkin:
1.A. Qodiriy. O’tkan kunlar. Toshkent. 1974.
2.A. Qodiriy. Mehrobdan chayon. Toshkent, 1974.
3.Oybek. Mukammal asarlar to’plami, 20 jildlik. 1,2,5,6,7,8-jildlar.
4.G’.G’ulom. Asarlar. 10 jildlik, 1-4-jildlar.
5.H. Olimjon. Mukammal asarlar to’plami, 10 jildlik. 1-2-jildlar.
6.M.Yusuf.Tanlangan asarlar.
Ma’ruza bo’yicha mustaqil ta’lim materiallari:
1.A. Qodiriy. O’tkan kunlar. Toshkent. 1974.
2.A. Qodiriy. Mehrobdan chayon. Toshkent, 1974.
3.Oybek. Mukammal asarlar to’plami, 20 jildlik. 1,2,5,6,7,8-jildlar.
4.G’. G’ulom. Asarlar. 10 jildlik, 1-4-jildlar.
5.H. Olimjon. Mukammal asarlar to’plami, 10 jildlik. 1-2-jildlar.
Yuqoridagi asarlarni o’qib, undagi badiiy uslubga oid o’rinlarni ajratish. Yozuvchi va shoirlarning so’z qo’llash san’atini o’rganish va referat yozish.
Nazorat savollari:
1. Badiiy uslubda yozuvchi tilda mavjud bo’lgan qaysi vositalardan foydalanmaydi?
2. Badiiy uslubga xos gap tuzing.
3. Shevaga xos so’zlar uslublarning qaysi birida ishlatishi mumkin?
4. qaysi uslub kitobxon (tinglovchi)ga ma’lumot berishdan tashqari ta’sir ko’rsatish vazifasini ham bajaradi?
5. Berilgan matn qaysi uslubda yozilgan?
Oh, oltin zum, shirin daqiqa, Yana keldim sohillaringga.
6. Nazmiy, nasriy asarlar, roman, novella qaysi uslubda yoziladi?
7. So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi qaysi uslubda uchraydi?
8. Badiiy uslubga xos gap tuzing.
9.Rang bildirgan so’zlardan badiiy uslubga tegishlisini toping.
10.Badiiy uslubga xos bog’lovchilarga misollar aytinng.
11. Badiiy asar tilini qaysi fan tekshiradi?
12. Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda. Dala va bog’larda ish qizg’in. Dehqon bog’da anor ko’myapti. U kuchli qadoq qo’llari bilan anorning tikanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog’layapti. Anor tupini poxolga o’rab, tuproq bilan ko’myapti.
Yuqoridagi badiiy tasvirdan asosiy fikr ifodalangan gapni toping.
13. Asosan badiiy uslubga xos bo’lgan izn (izn bermoq) so’zining sinonimini toping.
14. Quyidagi matn qaysi uslubga tegishli?
Jo’yaklarda suv bir hovuch ko’z yoshiday miltirab oqib turibdi. Quyosh qaymoq surtilgan shirmon nondek ufqqa qizarib bota boshladi



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin