V) Mustaqil ish topshiriqlari: 1-topshiriq: Otlarda shaxs-son va kelishik qo’shimchalarini tahlil qilish.
1.1. –lar ko’plik qo’shimchasining qo’shimcha ma’nolarini aniqlang.
1.2. Kelishik qo’shimchalarining boshqa ma’nolarda qo’llanilishining sabablari.
1.3. Son va kelishik qo’shimchalarining uslubiy qo’llanilishini izohlang.
2-topshiriq:Otlarda egalik va modallik qo’shimchalariga tavsif berish.
2.1. Egalik qo’shimchalarining nozik ma’no qirralarini, sub’ektiv baho shakllarining uslubiy xususiyatlarini belgilab ko’rsating.
2.2. –cha, -gina, -on qo’shimchalarining qo’llanilishidagi rang-baranglikni misollar asosida ko’rsating.
3-topshiriq:Ko’plik va kelishik qo’shimchalarining qo’llanishidagi nuqsonlarga badiiy adabiyot va matbuot sahifalaridan misol topish.
Ushbu topshiriqlarni quyidagi asarlarga murojaat qilish yordamida aniqlash mumkin: 1. A. Shomaqsudov, I. Rasulov, R. Qo’ng’urov, X. Rustamov. O’zbek tili stilistikasi. T.: O’qituvchi, 1983 y.
2. Sh. Shoabdurahmonov, M. Asqarova, A. Hojiev, I. Rasulov, H. Doniyorov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1-qism.-Toshkent: O’qituvchi, 1980.
3. R. Qo’ng’urov, S. Karimov, T. Qurbonov. O’zbek tili funktsional stillari. S.: SamDU nashri, 1984 y.
4. Yo. Tojiev, N. Hasanova, H. Tojimatov, O. Yo’ldosheva. O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari (ommabop qo’llanma). T., 1994 y.
5. Yo. Tojiev. O’zbek tili morfemikasi.-Toshkent, 1992.
6. Yo. Tojiev. O’zbek tilida shaxs otlari yasovchi affikslar sinonimiyasi.-Toshkent: ToshDU nashri, 1987 y.
7. Badiiy adabiyot va matbuot sahifalari.
7-amaliy mashg’ulot: Mavzu: Sifat, son va olmoshlarning uslubiy imkoniyatlari.. Ajratilgan vaqt-2 soat. Dars maqsadi: Talabalarda sifat, son va olmoshlarning uslubiy imkoniyatlari haqida tasavvur va tushuncha hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari: 6.1.Son va sifatning uslubiy xususiyatlarini izohlay oladi.
6.2.Sifat darajalarini ajrata biladi.
6.3.Sonning uslubiy qo’llanishini tasavvur qiladi.
6.4.Olmoshlar ot, sifat, son ekvivalenti ekanligini anglab etadi.
6.5.Olmoshlarning biri ikkinchisining o’rnida qo’llanishi imkoniyatlarini ochib beradi.