Identiv o’quvu maqsadlari: 7.1.Fe’l zamonlarining uslubiy xususiyatlarini sharhlab beradi.
7.2. O’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon shakllarining biri o’rnida ikkinchsi qo’llanishini mumkinligini tushuntiradi.
7.3. Mayl shakllarining uslubiy xususiyatlarini tushuntira oladi.
7.4. Ijro maylidagi fe’lning ba’zan buyruq va shart mayli o’rnida kelishini dalillaydi.
7.5. Shaxs –son shakllarining uslubiy xususiyatlarini tushuntiradi.
7.6. II shaxsga murojaatda I shaxs ko’pligidan foydalanishda anglashiladigan ma’noni izohlaydi.
7.7. Mensimaslik, kinoya, kesatiq hurmat kabi modal ma’nolarni dalillaydi.
7.8. Fe’llarning bo’lishsiz shakli qaysi qo’shimchalar yordamida ifodalanishini ko’rib chiqadi.
7.9. Ritorik so’roq gaplarda bo’lishsizlik shaklini qaysi ma’nolarda ishlatilishini sinab beradi.
7.10. Na..na yuklamasining vazifalarini izohlaydi.
Ishni bajarish tartibi: Fe’l zamonlarini biri-birining o’rnida ishlatilish xolatlarini ko’rib chiqing.
Fe’l mayllarining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganing.
Shaxs son qo’shimchalarini ishlatishdagi ayrim o’ziga xoslikni aniqlang.
Ritorik so’roq gaplarning ma’nolari haqida fikr yuriting.
Bo’lishsizlik shakli yasovchi so’z va qo’shimchalarni izohlang.
Kerakli adabiyotlar: 1. Shomaqsudov A., RasulovI., Qo’ng’urov., Rustamov H. O’zbek tili stilistikasi. Toshkent:O’qituvchi, 1983.75-140b
2. Shoabdurahmonov Sh., ASqarova M., Hojiev A., Rasulov I., Doniyorov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1-qism. Toshkent:O’qituvchi 1980. 213-431b
3. O’zbek tili grammatikasi, 1-tom. Morfologiya-Toshkent:Fan,, 1975 124-306b
4. Soddiqova M. Fe’l stilistikasi. -Toshkent:Fan, 1975-9-105b
5. Qilichev E. O’zbek tilining amaliy stilistkasi. –Toshkent: O’qituvchi, 1992.-4-84b.
V) Mustaqil ish topshiriqlari: 1-topshiriq: a)Badiiy asarlardan fe’l zamonlariga misollar topib,daftaringizga yozing.
b)Fe’l mayllarining biri qrnida ikkinchisi qo’llanilishida ro’y beradigan ma’no nozikliklarini aniqlang.
v)Shaxs-son qo’shimchalarining qo’llanilishidagi ma’no nozikliklariga misollar toping.
g)Bo’lishsizlikni ifodalovchi so’z va qo’shimchalarni aniqlang.
2-topshiriq: a)Ko’plik ,kelishik qo’shimchalari,ko’makchi va fe’l shakllarining qo’llanilishidagi nuqsonlarga badiiy adabiyot va matbuot saxifalaridan misollar toping.