Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə128/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

4 – seminar mashg’ulot
Mavzu: Badiiy asarlardan gap bo’laklari sinonimiyasiga doir misollar topish. Uyushiq bo’laklar uslubiy xususiyatlariga doir mashqlar bajarish. Shu mazuga oid uslubiy diktant yozdirish.
Reja:
1. Har bir talaba qo’lidagi badiiy asardan gap bo’laklari sinonimiyasiga doir misollar ko’chirib yozadilar.
2. 123-betdagi 39-mashqni bajarish.
3. Uyushiq bo’laklar uslubiyatigaoid diktant yozdirish (123-betdagi 38-mashq).
O’qituvchi “Uyushiq bo’laklar usulubiyati”ga oid kichik ma’ruza qilib bergach, talabalar o’zlari billan olib kelgan badiiy asar namunalaridan bir matnni tanlaydilar. Bu matndan gap bo’laklari sinonimiyasiga misollar topib, ko’chirib yozadilar. Ularni o’qib, izohlab beradilar.
123-betdagi 39-mashqni bajarishga kirishadilar. Doskada birin-ketin talabalar ushbu mashqni bajaradilar. Har bir gapdagi sinonimik holatni va ular anglatayotgan uslubiyatni tushuntirib beradilar.
Shundan keyin kichik diktant yozdiriladi. Diktantda ushiq bo’laklar sinonimiyasiga doir topshiriq bajariladi.
Dars oxirida talabalarning javoblari baholanadi va e’lon qilinadi. Uyga vazifa beriladi: 123-betdagi 41 – mashq.


5– seminar mashg’ulot
Mavzu: Publitsistik uslub janrlari. Biror mavzuda publitsistik matn tuzish.
Reja:
1. O’qituvchining publitsistik uslub haqidagi kichik ma’ruzasi.
2. Talabalarga publitsistik uslubda ocherk, maqola, muloqot yozish yo’llarini tushuntirib berish.
3. Talabalar o’z hoxishlariga qarab ocherk, maqola yoki biron-bir personaj bilan muloqat namunasini yozadilar.

O’qituvchi nutq uslublaridan biri bo’lgan publitsistik janr haqida gapirib beradi. Bu janr axborot vositalari bo’lmish radio, televidenie, gazeta va jurnallarda faol qo’llanadigan ommabop janr bo’lib, ko’pincha jurnalistlar shu janrda ijod qiladilar. Siyosiy, ilmiy hayot jarayoni, yangiliklar shu janrda yozilgan matnlarda o’z ifodasini topadi.


Talabalarga shu janrda biror material tayyorlash topshiriladi. Reja tuzishda, material tanlashda talaba yordam berish.
Talabalarning mustaqil ijodiy jarayoni.
Har bir talabaning yozgan maqola yoki ocherki bilan tanishib baholash. Ayrim xatolarni ko’rsatish va izohlash. Uyga vazifa: Nutq uslublaridan ilmiy uslubda kichik referat yozib kelish. Mavzusi ixtiyoriy.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin