Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə127/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Ishni bajarish tartibi:
1.Mazmundosh sodda gaplarni uslubiy qo’llanilishidagi o’ziga xoslikni aniqlang.
2.Bir bosh bo’lakli gaplar orasidagi sinonimlikni izoxlang.
3. Bog’langan qo’shma gaplar sinonimiyasini o’rganing.
4.ergashgan qo’shma gaplar orasidagi mazmundoshlikka misollar toping.
Kerakli adabiyotlar:
1.Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo’ng’urov., Rustamov H. o’zbek tili stilistikasi. -Toshkent: O’qituvchi, 1983.141-197b
2. O’zbek tili grammatikasi. II qism. Sintaksis. Toshkent: Fan 1976. -18-289 b
3. A.G’ulomov, Asqarova M., Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent. O’qituvchi,
1987 -23-158b
4. Boboev A. Hozirgi o’zbek adabiy tilida to’liqsiz gaplar. Toshkent:Fan.1978 yil.
5. E.Qilichev. “O’zbek tilining amaliy stilistikasi” (pedagogika oliygohlarining filologiya faqulteti talabalari uchun o’quv-qo’llanma). Toshkent «O’qituvchi», 1992.
6. Q. Samadov. O’zbek tili uslubiyati. Toshkent-1992.
3 – seminar mashg’ulot
Mavzu: Bosh va ikkinchi darajali bo’laklar sinonimiyasiga
doir mashqlar
Reja:
1. Bosh bo’laklar sinonimiyasiga oid nazariy savol-javoblar o’tkazish.
2. Shu mavzuda 121-betdagi 31 va 32 – mashqlarn yozma bajarish.
3. Mavzu bo’yicha muhokama o’tkazish.
Pedagogik texnologiya printsiplaridan “Elpig’ich” uslubi ko’p tarmoqli murakkab mavzularni o’rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir yo’la axborot beriladi.Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama qilinadi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy tahliliy aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki ixcham bayon etishga imkon yaratadi.
“Elpig’ich” texnologiyasi mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
Biz ham talabalarni guruhlarga ajratamiz va ularga savollarni berami:
1. Sintaktik aloqa nima?
2. Gap bo’laklarining o’ziga xos uslubiy xususiyatlari nimada?
3. Ega bilan bog’liq uslubiyat nimalarda ifodalanadi? Eganing ifodalanishida sinonimiya.
4. Ot-kesim va fe’l-kesim va ularning sinonimik holatlarining uslubiyatlarini gapiring.
5. Qolgan gap bo’laklarining qo’llanishi orqali uslubiyatdagi o’zgarishlar nimada?
Bu savollarga har bir guruh o’z javoblarini tayyorlaydi va keyin o’z javoblarini alohida alohida himoya qiladilar. Eng ishonarli dalillarga boy javob ajratiladi.
Savol-javoblar o’tkazilgandan keyin o’qituvchi javoblarga izoh beradi va yakunlaydi.
Mashqlarni bajarishga o’tiladi va doskaga har bir misolni yozib, izohlash uchun talabalar chaqiriladi. Mashqlarni bajarib bo’lgach, talabalar ushbu mavzu bo’yicha o’z fikrlarini bildirib, muhokama o’tkazadilar.
Talabalar baholanib, baholar e’lon qilinadi. Uyga vazifaberiladi: 122-betdagi 34-mashq.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin