Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə129/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

6 – seminar mashg’ulot
Mavzu: Badiiy uslub namunalari. She’r, hikoya yozish, ularda sintaktik figura va troplarni qo’llash.
Reja:
1. Badiiy uslub haqida o’qituvchining kirish so’zi, kichik ma’ruza.
2. Talabalarga shu uslubda she’r, hikoya yozishni topshirish va tushuntirish.
3. Ularda sintaktik figura va troplarni qo’llash.

O’qituvchi barcha badiiy asarlarning uslubi - badiiy uslub haqida gapirib beradi. Badiiy uslubga xos xususiyatlar tushuntirilib, talabalar bilan bilan ham shu mavzuda savol-javob o’tkaziladi. O’qituvchi barcha badiiy asarlarning uslubi - badiiy uslub haqida gapirib beradi. Badiiy uslubga xos xususiyatlar tushuntirilib, talabalar bilan bilan ham shu mavzuda savol-javob o’tkaziladi.


“Fikrlar xujumi” metodi. Bu metoddan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inertsiyasidan xoli qilish, ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikrlarni engishdir. Bu metodning asosiy tamoyili va qoidasi bahs ishtirokchilari ishlab chiqqan g’oyalar tanqidini mutloq ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil mutoyibani rag’batlantirishidir. Talabalarga publitsistik uslubdan ketma-ket savollar beriladi. Har bir talabadan savollarga turli variantdagi javoblar olinadi. Ularni rag’batlantirish shart bo’ladi.
1. Publitsistik uslub uslubshunoslikning qaysi bo’limiga taaluqli?
2. Publitsistik uslubning o’ziga xos xususiyatlari nimada?
bu uslubda nimalar yoziladi? Sanang.
3. Publitsistik uslubning yutug’i nimada?
Talabalarning har biridan olingan javob inobatga olinadi. Javoblar umumlashtirib to’g’ri javob shakllantirib ko’rsatiladi.
Talabalar badiiy uslub namunalaridan birini tanlaydilar, ya’ni har bir talaba yo she’r yo hikoya yozishga kirishadilar. O’qituvchi ularga bu ishda yordam beradi. Har bir talabaning ishiga yarasha maslahatlar berish orqali to’g’ri yo’lga soladi.
Talabalar o’z ishlarida sintaktik figuralar va troplardan foydalanadilar. Bu har bir ishning baholanish reytingida hisobga olinadi.
Ishlar yig’ib olingach, bir nechtasi o’qib eshittiriladi va baholanadi.
Qolganlari uyda tekshirilib baholari e’lon qilinadi.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin