Maktab o’qituvchi va o’quvchilarning yigilishi qaror qiladi.
1. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining 2019 yil 17 apreldagi № 06-21 sonli xamda Tuman XTB 01-02/362-sonli xatlari ijro uchun qabul qilinsin.
2.Xar bir sinf raxbari , fan o’qituvchilari”Xayot xavsizligi asoslari” bo’yicha mashgulotlarni muntazam ravishda o’tkazilishini ta’minlasin.
3. Maktabda ‘Fuqaro muhofazasi bo’yicha ofatlar xafini kamaytirish ” tadbirlari o’tkazilishi ta’minlansin.
4. Ushbu yigilish qarorlari ijrosi nazorati Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari R. S. So’liyeva zimmmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori- Fuqaro muhofazasi boshligi: Kasimova M.B.
Sirdaryo viloyati Guliston shahar 9252 “P” Harbiy qisim 5-chegara po’stida XTB tasarufidagi 2-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchi yoshlari ishtirokida “Vatanparvarlik munosabati bilan “Ochiq eshiklar” kuniga bagishlangan tadbir
Bayyonomasi
04.03. 2021yil.
Yigilish raysi: 9252”P” Harbiy qisim 5-chegara po’sti TMIBO’ :Raximov Nodir.
Kotib.chqbt : Rahbari E.Umarov. Yigilishda Qatnashdi: 9252 “P” Harbiy qisim 5-chegara po’sti va Maktab o’qituvchi-va O’quvchilari.
Maktabda 2021 yil 4-mart “Vatanparvarlik harbiy musobaqa”ga bagishlangan
Harbiy tadbirni o’tkazish 1.Kun tartibidagi masala yuzasidan 9252 “P” Harbiy qisim 5-chegara po’sti Tarbiyaviy ma’fkuraviy ishlar bo’yicha o’rinbosari:Serjant N.A.Rahimov so’zga chiqib O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kunidanoq o’zining milliy armiyasiga ega bo’ldi.Xar bir kishi uchun tarihan ato etilgan chegaralangan hudud bu ona –Vatandur.Vatan atamasi aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma’nosini bildiradi.Vatan tushunchasi ko’p yillik tarihimiz davomida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot munosabati bilan o’zgarib, boyib bo’rgan .Barchamiz janojan Respublikamizning Qurolli kuchlai Davlatimiz xavfsizligini tinch xayotini ta’minlashini, go’zal vatan ozodligi va mustaqilligi bilan xamnafas va chambarchas bogliqligini yahshi bilamiz.Vatanimiz Qurolli kuchlarda xizmat qilayotgan o’glonlar o’zlarining mahorati, mardligi va yurtning sodiq farzandlari ekanliklarini ko’rsatishmoqda.Bundan albatda ibrat olishlaringiz kerak.Vatan onadek aziz va muqaddas bo’lganligi uchun Ona Vatan Deyiladi.Vatan xissi shu Vatanning egasi bo’lmish xalqni bilishdan, uning qadriga etishdan nimalarga qodir ekanligini, buyukligini tan olishdan boshlanadi. Hozirgi O’zbek vatanparvarligi xalqimiz taraqiyotini olg’a siljitgan ota-bobolarimiz yaratuvchanligining bevosita davomidir deya o’z so’zini yakunladi Shundan keyin 5-umumiy o’rta ta’lim maktab Chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik rahbari: B.Pirmatov Xozirgi kunda xar bir yosh avlodni vatanga muhabbat tuygusini shakillantirish lozim . Chunki kelajak yoshlar qo’lida . Shunday ekan har bir yosh vatanga sidqidildan xizmat qilmogi kerak Bugungi kunda yoshlarga etibor juda yuqori Yoshlarimizni chuqur bilim olib , kelajakda o’zlari tanlagan harbiy yo’nalish bo’yicha etuk mutahassis bo’lib yetishishi uchun barcha shart-sharoyitlar etarli .Shuningdek vatan himoyasi har birimiz uchun sharafli va muqaddas burch ekanligini to’gri anglab etishi ularga tushunchalar berib borishimiz kerak va zarur. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bugungi kunda chinakam darajada qudratli deb bemalol ayta olamiz deya o’z so’zini yakunladi.
Shundan keyin 9252 “P” Harbiy qisim 5-chegara po’stida tashkil etilgan “Harbiy tadbiridan amaliy mashgulot tashkil eiildi va axborot berildi.