2-Boshlovchi: Bahorgi burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo'shqin zabardast.
O'lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
1-boshlovchi: Bahor faslida biz nafaqat go’zal bayramlarimiz balki buyuk shoir va shoiralarimizning tavvalud ayyomlarini ham nishonlaymiz .
2-Boshlovchi:Jumladan, 1-mart bahorning ilk kunida atoqli shoiramiz Zulfiyaxonim , 26-aprel kuni o’zbek adabiyotining zabardast shoiri Muhammad Yusuf tavvallud topgan kun . Keling, fursatdan foydalanib ular ijodidagi bahor, tabiat va ayolni tarannum etuvchi she’rlardan bahramand bo’lsak , marhamat!
She’rlar Raqs “ Dutor” 2-Boshlovchi: Bayramimiz yanada quvnoq o’tishi uchun keling , bolajonlar , “ Gul bazmi “ aytishni boshlaymiz,Qani davrani kengroq olinglarchi .
Gul bazmi 1- o’quvchi :
Gul berdim siz uchun ,
O’ynab beray siz uchun.
2- o’quvchi :
Gul brgan qo’llqringdan ,
Aylanayin bo’ylaringdan ,
3- o’quvchi :
Bollagim gulbahor,
Unda bahor husni bor
4-o’quvchi :
-Bilaman gul tilini
O’qiganman ilmini
Darrov ko’rsam taniyman ,.
Rango-rang ming xilini
5-o’quvchi :
-Chaman-chaman ochilar,
Bahor chog’i gullola.
Gulni yaxshi ko’radi ,
Katta kichik har bola.
6-o’quvchi :
-Chaman-chaman gul bog’m,
Ko’pdir mening o’rtog’im.
Keling,dostlar,o’rtoqlar,
Birga teraylik gullar.
1-boshlovchi: Yurtdoshim, bog’inga bir nihol qada,
Bu nihol nomini “Yaxshilik” ata.
Niholning yoniga bir gul ekib qo’y,
Bu gulning nomini “Go’zallik “ deb qo’y,
Gul-u niholinga baxsh etib xayot,
Suv ber va bu suvga “Mehr”deb ot qo’y.
2-Boshlovchi: Aziz bolajonlar hamda hurmatli tadbir qatnashchilari shuning bilan birga bugungi “Gullar va qushlar bayrami” nomli tadbirimiz o‘z poyoniga yetdi. Barchamiz Ona tabiatni asraylik, zero:
Tabiatning, go‘zalligi, sofligi,
Bizga kerak qanchalar,
Insoniyat taqdiri
Bog‘liq erur shunchalar .
Shunday ekan biz barchamiz ona tabiat in’omlarini ko‘z qorachig‘iday asrashimiz lozim. Xayr sog‘ bo‘linglar!