Gullar va qushlar bayrami



Yüklə 468,2 Kb.
səhifə1/4
tarix10.06.2023
ölçüsü468,2 Kb.
#128309
  1   2   3   4
gullar va qushlar bayrami


Aim.Uz



GULLAR VA QUSHLAR BAYRAMI

Gullar va qushlar bayramini o’tkazishdan asosiy maqsad o’quvchilarda jonajon tabiatga muhabbat, xalqimizning qadimiy an’analariga hurmat xissini tarbiyalab borish. O’zbekiston tabiatida uchraydigan gullar va qushlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. O’zbekiston Qizil kitobi , yo’qolib va kamayib borayotgan gullar va qushlar haqida ma’lumot berishdan iboratdir. Bu bayram maktab xovlisida yoki maktab zalida o’tkaziladi. Bayramga ota-onalar, o’qituvchilar va boshlang’ich sinf o’quvchilari taklif etiladi.


Zal “Gullar va qushlar bayrami” mavzusiga oid rasmlar, bahorda ochiladigan gullar, qushlarning tuliplari , o’quvchilarning mavzuga oid rasmlari , tabiat , uning go’zalligini asrashga da’vat etuvchi shiorlar , ekologiya va tabiat muhofazasiga doir ,turli-tuman gullar va qushlar haqida ma’lumot beruvchi bukletlar bilan chiroyli bezatildi. Bayram jarchilarning chiqishi bilan boshlanadi.
1-jarchi: - Bolalar-u bolalar
2-jarchi: - Tog’da ochilgan lolalar!
1-jarchi: - Eshitmadim demanglar,
2-jarchi: - Eshitganlar jilmanglar!
1-jarchi: - Bugun maktabimizda
2-jarchi: - Zo’r tomosha bo’ladi! - Ho-ho-hoy!
1-boshlovchi( qo’li ko’ksida ):
Bismillohdan boshlanadi a’molimiz ,
Assalomdan yorishadi jamolimiz
Do’stimizga aylantirar begonani ,
Assalomdan yetishadi kamolimiz .
2-Boshlovchi:
Ey,ozod yurtimning gulg’unchalari,
Sho’xu sayroqi bulbulchalari.
Bu kun davramizga aylang marhabo,
Tilga kirar tabiatning sho’x qushchalari.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum mehridaryo,qalbi keng muhtaram ustozlar-u, bilimga chanqoq, zukko aziz o’quvchilar! Mana, mustaqil Vatanimiz uzra fasllar kelinchagi bo’lmish bahor hamon davom etmoqda .
2-Boshlovchi: Bahor! Bahor- bu yangilanish, yasharish demakdir. Bahor insonlar qalbiga quvonch, yuziga tabassum olib keladi. Bahor kirib kelar ekan, ona tabiat jonlanadi, daraxtlar qishki to’nini tashlab, bahor libosini kiyib, tabiat ko’rkiga yana ko’rk, husn qo’shadi. Issiq o’lkalarga uchib ketgan qushlar yana o’z yurtlariga qaytadilar.
1-boshlovchi: Bahor- bu ko’pgina bayramlar fasli hamdir. Jumladan, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami, 21-mart Navro’z bayrami. Mana shular qatorida bugun biz yana bir bayramni – “Gullar va qushlar bayrami” ni namoyish etmoqdamiz.

Yüklə 468,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin