Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarning oʻqish va yozish malakalarini shakllantirish to`g`risida tushunchalar berish. Kurs ishining obyekti: Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari. Kurs ishining predmeti: Maktabgacha pedagogika, Bolalarni makta taʼlimiga tayyorlash va Nutq oʻstirish metodikasifani asosiy maqsad va vazifalari haqida tushunchalar berish Kurs ishining vazifalari: Nutq, o‘qish va savodga o‘rgatish yo‘nalishi mazmuni Bolalarni savodxonlikka o‘rgatishda davlat talablarining o‘rni. Bolalarni savodga o‘rgatish texnologiyalari
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SAVOD O‘RGANISHGA TAYYORLASH Bolalarda yozish, o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING YOZISHGA O’RGATISH BOSQICHIDA PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARINI INOBATGA OLISH MASALASI. I.BOB. “ILK QADAM” DAVLAT DASTURI ASOSIDA BOLALARNI SAVODGA O‘RGATISH 1.1.Nutq, o‘qish va savodga o‘rgatish yo‘nalishi mazmuni Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining asosiy yo‘nalishlaridan biri nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlikdan iboratdir. Bu umumiy vazifa - “Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik” quyidagi maxsus vazifalardan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug‘atini boyitish, mustahkamlash va faollashtirish, nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish, og‘zaki nutqni shakllantirish, ravon nutqni rivojlantirish, savodga tayyorlash. Og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mazmuni asosida hikoyalar to‘qishga o‘rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak. Yangi Davlat talabi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini grammatik tomondan to‘g‘ri o‘stirish, ona tilini har tomonlama o‘zlashtirishlarining aniq vazifalarini belgilab beradi.Har bir tilning asosini tovush sistemasi, lug‘at boyligi va grammatik qurilishi tashkil etadi. Yangi Davlat talabi nutq o‘stirish bo‘yicha bolalarni ona tiliga o‘rgatish va ularni atrofdagilar bilan aloqa qilish vositasi sifatida har bir bolaning nutqini o‘stirib borishni ko‘zda tutadi. Nutq o‘stirish masalasi bolalarning fikrini o‘stirish, bilim doirasini kengaytirish, atrof hayotni bilishga intilish qobiliyatlarini o‘stirish bilan bog‘liq. Shuning uchun ham dasturda bolalarni atrof olam badiiy adabiyot,nutq o‘stirish qismlari birga qo‘shib berilgan.