II.BOB. Bolalarni savodga o‘rgatish texnologiyalari 2.1.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SAVOD O‘RGANISHGA TAYYORLASH Maktabgacha tarbiya o‘qituvchilari bolalarni og‘zaki va yozma til bilan doimiy ravishda tanishtirish, oldingi bilim va til tajribasiga tayanish orqali savodxonlikni rivojlantiradilar. Rasmlar, o‘yin va bosma so‘z og‘zaki til bilan uyg‘unlashib, bolangizga maktabgacha o‘qish va yozish asosidagi ramziy tasvirni tushunishga yordam beradi. Uning o‘qituvchisi maktabgacha yoshdagi o‘qishni rivojlantirish uchun sinfda turli xil qiziqarli va qiziqarli strategiyalardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Savodxonlikni har kunning bir qismiga aylantirish juda foydalidir. Shuningdek, bolalar xavfsiz tajriba va o‘z dunyosini kashf qilish imkonini beruvchi bevosita tajribalarni qo‘llash kerak. Har bir bola o‘ziga xos vaqt oralig'ida til ko‘nikmalarini o‘rganadi va rivojlantiradi, ammo barcha yosh bolalarga quyidagilar kerak: *Rivojlanayotgan ko‘nikmalarni rivojlantirish va amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari; *Rag‘batlantirish va harakat uchun maqtov; *Doimiy o‘rganish oilaviy qadriyat ekanligini tushunish; *Ota-onalar va boshqa g‘amxo'rlik qiluvchilar uning rivojlanishiga mos keladigan o‘quv faoliyatini rejalashtirishga yordam berishi; *O‘qish va amaliy mashg‘ulotlar uchun maxsus joy. Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga, axloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog’liqdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z yechimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z ma’nosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi.Og‘zaki nutqni o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga, nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi. Bolalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab,tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi. Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak. Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam beradi, buning asosida uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi.Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, shu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi. Bolaning faoliyatdagi mavqei uni faqat tarbiya ob’yektiga emas, shu bilan birga tarbiya sub’yektiga ham aylantiradi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetakchilik rolini belgilaydi. Bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishining yosh bilan bog‘liq davrlarida faoliyatning turli xillari yonma-yon bo‘ladi va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi, lekin bunda ularning roli, bir xil bo‘lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning yetakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo‘ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzusi, vositalari, buyumlar bilan birga amalga oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiya va ta’lim sharoitlariga bog‘liq bo’ladi.Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisoblanadi. O‘zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobilyatlarni bolalar xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda qo‘llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi. Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his tuyg‘ular, sabablar, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi. Kichik maktab yoshida asosiy narsa o‘qish bo‘lib qoladi va uni bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushinadilar. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqei o‘z xattiharakatini va tengdoshlarining xatti-harakatini o’zgacha nuqtai nazardan- maktab o‘quvchisi nuqtai nazaridan baholashni shart qilib qo’yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko’rsatib, kattalarning uning xulq-atvori va faoliyatiga qo’yayotgan tobora murakkablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.