Irodaviy zo'r berish. Irodaviy aktning eng muhim bo'g'ini-qaror qabul qilish va uni ijro etishdir. Bu ko'pincha alohida hissiy holatning irodaviy zo'r berish sifatida tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Irodaviy zo'r berish hissiy hayajon shakli bo'lib, kishining harakatga qo'shimcha motivlarni vujudga keltiradi. Irodaviy zo'r berish natijasida bir xil motivlarning haraktini to'xtatib qo'yib, boshqalarning harakatini xaddan ziyod kuchaytirish mumkin bo'ladi. Irodaviy kuch g'ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo'rquv, charchash kabilan ustidan qozonilgan g'alaba anchagina hissiy zavq beradi, o'z ustidan erishilgan g'alaba singari boshdan kechiriladi. Tashqi to'siq yengib o'tish lozim bo'lgan ichki qiyinchilik, ichki qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo'lsa, u irodaviy zo'r berishni talab qiladi.
Irodaviy kuch-g'ayrat odamlarning barcha qaxramonlik ishlariga zarur qism bo'lib kiradi. Irodaviy kuch-g'ayrat sarflash odati manonatli fe'l atvorni shakllantirishning majburiy shartidir.