Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish. Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga konstitutsiyaviy maqom berilgan. O’zbekistonda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki, jumladan, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirishi va takomillashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jamoatchilik nazoratining shakllanishi va rivojlanishi bilan bevosita bog’liq. Bir tomondan, jamoatchilik nazoratining rivojlanishi fuqarolikb jamiyatining rivojlanishi yo’lidagi tusiqlarni bartaraf etishga xizmat kilsa, ikkinchi tomondan, fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sari jamoatchilik nazorati uchun kengroq imkoniyat va istiqbollar paydo bo’ladi. Rivojlangan va keng quloch yoygan jamoatchilik nazoratini fuqarolik jamiyatisiz tasavvur etib bo’lmaganidek, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini ham jamoatchilik nazoratisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Jamoatchilik nazoratining mavjudligi va qanchalik keng tarmoq yoygani, aytish mumkinki, fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasidan guvoxlik beruvchi eng muxim mezonlardan biridir. Jamoatchilik nazoratining maqsadi davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining mavjud qonunlarga mosligini tekshirishdan iborat, Jamoatchilik nazoratining sub‘ektlari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, maxalla va boshqa jamoat birlashmalari xisoblanadi. Mamlakatimizda o’tkazilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning 2016 yil kuzidan boshlangan yangi bosqichi jamoatchilik nazoratini rivojlantirishga yangi talablar qo’ydi va ayni paytda yangi imkoniyatlar ham ochdi. Jamoatchilik nazorati oldiga yangi talablar qo’yilishi shu bilan izoxlanadiki belgilangan yangi vazifalar, Xarakatlar strategiyasini to’la amalga oshirish jamoatchilik nazoratini keskin kuchaytirishni taqozo etadi. Ikkinchi tomondan, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan sa‘y-xarakatlar davlat xokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning dolzarbligini yanada oshirib yubormokda. Xarakatlar strategiyasida belgilapgan tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari jamoatchilik nazorati yordamida davlat organlariga xalaqit bermagan xolda davlat boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirishga, korruptsiyaga qarshi saloxiyatini oshirishga, fuqarolarga ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga katta yordam ko’rsatadi. Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o’zaro munosabatlari bir tomondan fuqarolik jamiyati institutlarining davlat xokimiyati organlari faoliyati ustidan nazorat shaklida bo’lsa, ikkinchi tomondan, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ijtimoiy sheriklik shaklida ham bo’ladi. Imstimoiy sheriklik davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari o’rtasidagi munosabatlarning yangi shakli bo’lib, u rivojlangan mamlakatlarda XX asrning birinchi yarmida vujudga keldi. Insoniyat tarixida qilingan eng ulkan ijtimoiy ixtirolardan biri ijtimoiy sheriklikdir. Bu ixtiro kashf etilguniga qadar insoniyat tarixida isyon va qo’zg’olonlar tez-tez yuz berib turdi. Ijtimoiy sheriklik nazariyasining vujudga kelishi va ijtimoiy amaliyotga tatbik etilishi larzalarning keskin kamayishini ta‘minladi. Insoniyat tarixida ana shunday buyuk rol o’ynagan nazariya mustaqillik qo’lga kiritilganidan keyin O’zbekistonda ham jamiyat xayotiga keng tatbiq etila boshladi. U xayotga nafaqat tatbiq etildi, balki uning nazariy asoslari boyitildi va amaliy jixatlari rivojlantirildi. O’zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi Qonunida ijtimoiy sheriklikning sub‘ektlari va maqsadlari quyidagicha ta‘riflangan: «Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, tarmoq, xududiy dasturlarni, shuningdek, normativxuquqiy xujjatlarni hamda fuqarolarning xuquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir». Mustakil mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilib qo’ygan ekan, bu xolat ham ijtimoiy sheriklikni xayotga keng tatbiq qilishni takozo etadi. Chunki ijtimoiy sherikliksiz fuqarolik jamiyatini qurish xom xayol bo’lib koladi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish mamlakatdagi davlat xokimiyati organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari hamda turli millatlar va konfessiyalar vakillari o’rtasidagi sheriklikka tayanib amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi Qonunida davlat xokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy sheriklik sub‘ektlari sifatida belgilab qo’yilgan. Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi 2017 yil 3 fevralda imzolangan Farmonida maxalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo„nalishlar etib quyidagilar belgilandi: -fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o’rni va rolini yanada kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va kumakdoshiga aylantirish; - jamiyatimizda o’zaro xurmat, mexr-oqibat va hamjixatlik muxitini shakllaniirishda, milliy va umuminsoniy kadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda maxallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish; - yoshlarni ma‘naviy boy va jismonan sog’lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta‘minlash, yosh avlodni mafkuraviy taxdidlardan himoya qilish, aholining extiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo’llabquvvatlash borasida fuqarolar va o’zini-o’zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o’zaro hamkorligini mustahkamlash; - jamoat tartibi va xavfsizligini ta‘minlashda, xuquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga xurmat xissini kuchaytirishda maxallalarning bevosita ishtirokini gaygirish; - fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, maxalla tizimida yagona xuquqni qo’llash amaliyotini ta‘minlash. Fuqarolarniig o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan xolda uni fuqarolar yig’inlarining uyushmasi shaklida tashkil etish nazarda tutilmoqda. Fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat ko’rsatish ob‘ektlarini tashkil etish maqsadida 2017-2021 yillarga mo’ljallangan xududiy dasturlar ishlab chikildi.