-jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi. -qamoqqa olish va uy qamogi tarzidagi ehtiyot choralarini qollash, shuningdek, Dastlabki tergovning eng kop muddati 1 yildan 7 oyga qisqartiriladi. - pochta-telegraf jonatmalarini xatlab qo„yish va eksgumatsiya qilish uchun sanktsiya berish xuquqi sudlarga otkaziladi. - sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamogi tarzidagi extiyot chorasini qollash rad etilganida muqobil extiyot choralarini qollash xuquqi beriladi. - tergovning to„liq emasligini sud muxokamasi jarayonida toldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qoshimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Sud xokimiyatining mustaqilligi printsipini sudyalarning mustaqilligi bilan bog’lab tushuntiring. 2. Sudyalarga g’ayriqonuniy tarzda ta‘sir o’tkazganlik uchun javobgarlikning mazmunini tushuntirib bering. 3. Fuqarolarning murojaatlarini xal etishda virtual qabulxonalarning o’rni va axamiyati nimalarda ko’rinadi? 4. Jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish mazmunmoxiyatini tushuntirib bering. 5. Xarakatlar strategiyasida voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish yo’nalishi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar haqida so’zlab bering.
5-MAVZU: IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING OZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA USTUVOR YONALISHLARI Reja: 1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur‘atlarini saqlab qolish. 2. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish xisobidan uning raqobatdoshligini oshirish 3. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirish