Gumanitar fanlar


Mamuriy, jinoyat, fuqarolik va xojalik qonunchiligini takomillashtirish



Yüklə 460,23 Kb.
səhifə24/69
tarix18.04.2023
ölçüsü460,23 Kb.
#99755
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Gumanitar fanlar

3.Mamuriy, jinoyat, fuqarolik va xojalik qonunchiligini takomillashtirish
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, aloxida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish. «Xarakatlar strategiyasi»ning 2.3. bandida ma‘muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish belgilangan bo’lib, unda ushbu qonun xujjatlariga bir qator o’zgartish va qo’shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Jumladan, Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, aloxida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish
kabi muxim vazifalar belgilangan. Mazkur vazifa doirasida inson xuquq va erkinliklarini ta‘minlashning shaffofligi hamda samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning rivojlanish xolati, zamonaviy talablardan, xalqaro standartlardan kelib chiqqan xolda, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan xolda, «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 2018- 2021 yillarga mo’ljallangan Kontseptsiya» loyixasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Unda: birinchidan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o’rniga ozodlikdan maxrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoning muqobil turlarini qo’llash imkoniyatini kengaytirish nazarda tutilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasiniig Jinoyat kodeksiga jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan xolda, uni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali axloqiytarbiyaviy ta‘sir ko’rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan ozodlikdan maxrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan muqobil jazo turini kiritish belgilangan. Ushbu o’zgartirishlar jinoyat sodir etgan ko’plab insonlarni jamiyatdan, ularning oilasidan ajratmagan xolda, sodir etgan jinoyati uchun insonparvarlik tamoyillariga asoslangan jazo turlarini kengroq qo’llash imkonini beradi; ikkinchidan, yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini yanada kengaytirish o’z ifodasini topgan bo’lib, unda asosan ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlarni ushbu institutga kiritish nazarda tutilgan. Ma‘lumki, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661 -moddasiga muvofiq, og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik xolati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bugungi kunda yarashuv institutiga 50 dan ortiq jinoyatlar kiritilgan bo’lib, minglab insonlar jinoyatni sodir etgandan so’ng yetkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvchilar bilan yarashib, jinoiy javobgarlikdan ozod bo’lmoqda. Bu boradagi islohotlarni davom ettirish va yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga asos bo’ladigan jinoyatlar sonini kengaytirish mamlakatimizda yanada ko’proq shaxslarni sudlanganlik xolatidan saqlab qoladi; uchinchidan, ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani to’xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlikni bekor qilish ham ushbu loyixada amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarning mantiqiy davomi bo’ladi. Ushbu yo’nalishda iqtisodiyot sohasidagi, jumladan, xo’jalik faoliyati sohasidagi ayrim ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlarni O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan batamom chiqarib tashlash, buning evaziga mazkur sohada birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar to’g’ri yo’lga qaytsa, ularning qonun buzish xolatlari va uning natijasida yetkazilgan zarar bartaraf etilsa hamda ular tadbirkorlik faoliyatini qonuniy amalga oshirishni boshlasa, bunday toifadagi shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi; to‘rtinchidan, voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarniliberallashtirish, protsessual xarakatlarni o’tkazishda ularning xuquqiy himoyasini kuchaytirishga doir bir qator o’zgartirishlar kiritish belgilangan. Bunda diqqatetibor voyaga yetmagan shaxslarni o’qish va ishdan, eng asosiysi, ularni oilasidan ajratmagan xolda ularning ta‘lim-tarbiyasiga ijobiy ta‘sir qiluvchi, xorijiy mamlakatlarda o’zini ijobiy tomondan oqlagan jazo va majburlov choralarini kengroq qo’llashga qaratiladi. Shuningdek, nafaqat voyaga yetmagan ayblanuvchi va sudlanuvchi shaxslarni, balki jinoyatlardan jabr ko’rgan va u yoki bu jinoyatning guvoxi bo’lgan voyaga yetmaganlarning xuquq manfaatlarini himoya qilish kabi muxim o’zgartirishlar kiritilishi belgilangan. Bunda voyaga yetmaganshaxslarga nisbatan tergov xarakatlarini amalga oshirishda ularni advokat, otaonalari yoki yaqin qarindoshlari bilan ishtirokini ta‘minlash, ushbu jarayonlarni muddatlarini qisqartirish va boshqa shu kabi o’zgartirishlar nazarda tutiladi; beshinchidan, qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning axvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo’llash tartibini belgilash nazarda tutilgan. Bunda qilmishning jinoiyligini istisno etadigan xolatlarni kengaytirish, jinoyat sodir etilishi natijasida keltirilgan zarar qoplangan taqdirda, shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini nazarda tutuvchi aloxida rag’batlantiruvchi normalar kiritilishi belgilangan. Shuningdek, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning axvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo’llash tartibi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini tegishli qarorini qabul qilish va unda shaxsning xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga karatilgan, yetkazilgan zararni qoplagan, chin ko’ngildan amalda pushaymon bo’lgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonuni normalarini to’g’ri va bir xil qo’llashga oid tushuntirishlar berishga aloxida etibor qaratiladi; oltinchidan, sudlanganlik xolatining tugallanishi va olib tashlanishinning amaldagi muddatlarini qisqartirish belgilangan. Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun xukm etilganidan kelib chikadigan xuquqiy xolatdir. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi natijasida sudlanganlik xolatining tugallanishi va sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlarini yarmiga qisqartirish, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar uchun sudlanganlik muddatini belgilamaslik to’g’risidagi qoidalar nazarda tutiladi. Sudlanganlik muddatining qisqartirilishi, uning barcha xuquqiy oqibatlari bekor bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida shaxsning xuquqiy xolatini yengillashtirish, ijobiy xulq-atvorini rag’batlantirish bilan birga, shaxsga nisbatan davlat tomonidan ishonch bildirilayotganligining amaliy ifodasi xisoblanadi; ettinchidan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «majburiy jamoat ishlari» jazosini kiritish nazarda tutilgan. Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etgan shaxslar uchun jamiyatdan ajratmagan xolda tarbiyalash, uning jinoiy faoliyatiga to’sqinlik qilish, yangi jinoyat sodir etilishining oldini olish, kelgusida Konstitutsiya va qonunlarga og’ishmay rioya qilishga olib keladi. Shu bilan birga, mazkur jazo nafaqat jinoiy jazolarni liberallashtirishga, balki jinoiy jazolarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat kiladi. E‘tiborli tomoni shundaki, mazkur jazo shaxsning asosiy ish vaqtidan tashqari vaqtda ijro etilib, kuniga to’rt soatdan oshmasligi belgilanadi. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida «O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonuni qabul qilinib, mazkur qonun natijasida sud-xuquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish, jinoiy jazolarni insonparvarlashtirishga erishiladi. Xarakaglar strategiyasida jinoyat sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirishga oid «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qonun qabul kilinishi nazarda tutilgan bo’lib, unga kura:

Yüklə 460,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin