Gumanitar fanlar


Sud, xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatidafuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarinita‟minlash



Yüklə 460,23 Kb.
səhifə23/69
tarix18.04.2023
ölçüsü460,23 Kb.
#99755
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Gumanitar fanlar

Sud, xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatidafuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarinita‟minlash. Fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish demokratik davlatni barpo etishdek ezgu maqsadni o’z oldiga qo’ygan xar qanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 44-moddasida fuqarolarning odil sudlovga bo’lgan ajralmas konstitutsiyaviy xuquqi mustaxkamlab qo’yilgan. Unga ko’ra, xar bir shaxs uchun o’z xuquq va erkinliklarini sud orqali ximoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xatti-xarakatlari ustidan sudga shikoyat qilish xuquqi kafolatlangan. O’zbekiston tarixida birinchi marotaba bunday keng ko’lamda, yangi formatda jamoatchilik o’rtasida muxokama qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Xarakatlar strategiyasida sud xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta‘minlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:
Birinchidan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida to’lanadigan davlat boji miqdorini kamaytirish. Ikkinchidan elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etishga qaratilgan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonun loyixasini ishlab chiqish.
Uchinchidan sudlar faoliyatiga oid ma‘lumot bilan fuqarolarni ta‘minlashni nazarda tutuvchi «Sudlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish xaqida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish. Qonunchilikka kiritiladigan bunday o’zgartish va qo’shimchalar orqali sud organlari faoliyati tizimiga oid ma‘lumotlar hamda sud xujjatlarining oshkoraligini ta‘minlash orqali sudlar faoliyatining shaffofligi ta‘minlanadi. Buning natijasida xalqning sudlarga bo’lgan ishonchi va xurmati ortadi. Sudlarga nisbatan jazolovchi organ emas, balki inson xuquq va manfaatlarini himoya kiluvchi organ sifatida munosabatda bo’linishiga erishiladi. Fuqarolarning odil sudlovga tusqinliksiz erishishini ta‘minlash uchun ularga quyidagi imkoniyatlar berilishi kerak: sud xarajatlarining ko’p bo’lmasligi; sud tomonidan davlat boji to’lashdan ozod kilinishi yoki ularni to’lashning kechiktirilishi; malakali yuridik yordam olishga yo’l qo’yilishi; fuqarolarga sud himoyasidan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida sud idoralari xalqning yashash joylariga mumkin qadar yaqinlashtirilib joylashtirilgan bo’lishi.

Yüklə 460,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin