3. «O„zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyixasi ishlab chiqiladi. Qonun quyidagilarni nazarda tutadi: -xususiy sektorda ish beruvchi va xodim o’rtasidagi mehnat shartnomasi tuzish jarayonini soddalashtirish, muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslarini kengaytirish; -ishga olishning yangi shakllarini (bir martalik, soatbay), shuningdek, soatbay ish xaqi to’lash tartibini joriy etish; - xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, mehnatni muxofaza qilish qoidalari, xodimni ijtimoiy sug’urta qilish bo’yicha talablarni buzgani uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirish. 4. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Mehnat stajini hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg„armasiga sug„urta to„lovlari davriyligini ro„yxatga olish tizimini yanada takomillashtirish to„g„risida»gi qarori loyixasi ishlab chiqiladi va kiritiladi. Mazkur qaror mehnat stajini electron tarzda ro’yxatga olish hamda davlat ijtimoiy sug’urta to’lovlarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarning yagona reestrini yuritishniig imkonini yaratadi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasida Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari xisobidan nisbatan sust rivojlangan tumanlarning ishsiz yoshlarini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi (Koreya Respublikasi xukumatining grant mablag’lari xisobidan tashkil etilgan) kasb-xunarga o’qitish markazlarida mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan kasblarga qayta o’qitish orqali ularning bandligi taminlanishi nazarda tutilgan. Bo’sh ish o’rinlari yarmarkalarini tashkil qilish xam mehnat bozoridagi ta‘sirchan siyosatning muxim uslubi sanaladi. Bundan maqsad ish izlovchilarni taklif etilayotgan bo’sh joylar bilan tanishtirish, shuningdek, ularga mehnat bozori, mavjud bo’sh ish o’rinlari va yangi kasbga o’qitish to’g’risida to’liq ma‘lumot berishdan iborat. Shuning uchun ham barcha shahar va tumanlardagi korxona va tashkilotlar ishtirokida band bo’lmagan aholi, kollej va oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilari va migrantlar uchun 1000 dan ortiq yarmarkalar tashkil etish rejalashtirilgan.