Gumanitar fanlar


Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, kichik biznes va xususiy



Yüklə 460,23 Kb.
səhifə28/69
tarix18.04.2023
ölçüsü460,23 Kb.
#99755
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Gumanitar fanlar

3.Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik rivojlanishini ragbatlantirish
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk xuquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan. Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq va demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat ekan, bu boradagi asosiy shartlardan biri iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish xisoblanadi. Milliy taraqqiyot modelimizning asosiy tamoyillaridan biri davlatning bosh islohotchilik roli xisoblanib, mavjud iqtisodiy saloxiyatdan to’liq foydalangan xolda, barcha kuchlarni yagona maqsad sari yo’naltirishda davlatning tartibga soluvchi vazifasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy bozor tizimini davlatning aralashuvisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Biroq, aralashuvning o’z chegarasi bo’lib, uning mazkur chegaradan oshib ketishi bozor jarayonlarining izdan chiqishiga ta‘sir etib, ishlab chiqarish samaradorligi
pasayadi. Natijada iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, xo’jalik yuritishni tashkil etish va boshqaruv jarayonlarida davlatning me‘yoridan ortiq ishtirokini pasaytirish masalasi maydonga tushadi. Davlat aralashuvi miqyosini tartibga solish uchun muxim cheklovlar mavjud. Masalan, davlat tomonidan bozor mexanizmini izdan chiqaruvchi xar qanday xattixarakatlarga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvini qisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk xuquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi. Shunga ko’ra, Harakatlar strategiyasida xususiy mulk xuquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji
yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi» degan tamoyilni amalga oshirish borasidagi tadbirlarga aloxida e‘tibor qaratilgan. Jumladan, 2017 yilning I choragida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik sub‘ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakili (biznes ombudsman)ni tashkil etish belgilandi. Ombudsman (qadimgi skandinavchada «vakolat», «zimmasiga yuklash») - qator davlatlarda ijro xokimiyati idoralari va mansabdor shaxslar faoliyatida ma‘lum fuqarolar guruxining adolat va manfaatlari ta‘minlanishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs. Xuquqshunoslar xalqaro assotsiatsiyasi fikriga ko’ra, ombudsmen institut bu konstitutsiya yoki qonunchilik xokimiyati xujjatlarida ko’zda tutilgan hamda mustaqil jamoatchilik asosidagi yuqori darajadagi mansabdor shaxs tomonidan boshqariluvchi xizmat. Mazkur shaxs davlat boshligi oldida mas‘ul bo’lib, tadbirkorlardan davlat idoralari, xizmatchilarining noqonuniy xatti-xarakatlari bo’yicha shikoyatlarni qabul qiladi hamda tadbirkorlik sub‘ektlari xuquq va qonuniy manfaatlarini namoyon etish, ta‘minlash va himoya qilish maqsadida xarakat qiladi. Shunga ko’ra, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyixasining ishlab chiqilishi ko’zda tutilib, unda yangi tashkil etiladi gan ombudsmanga quyidagi vakolatlarni berish nazarda tutiladi: - tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub‘ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; - tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi qonun xujjatlari normalari va talablarining amalda ruyobga chiqarilayotganini o’rganish; - davlat organlari, xuquqni muxofaza kiluvchi va nazorat organlari, shuningdek, maxalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub‘ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish. Shuningdek, xususiy mulkni himoya qilish va xususiy mulk ob‘ektlaridan samarali foydalanishni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida quyidagi tartiblarni o’rnatish ko’zda tutilmoqda: mulkdan jinoyat yoki ma‘muriy xuquqbuzarlikni sodir etish quroli sifatida foydalanishda mulkdorning aybi bo’lmagan xollarda mulkni musodara qilish yoki olib qo’yishni (vaqtinchalik olib qo’yish bundan mustasno) taqiqlash; davlat va jamoat extiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo’yilishi munosabati bilan tadbirkorlik sub‘ektlariga yetkazilgan zararni oldindan qoplab berish; tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanilmayotgan, jumladan, ajratilgan yer uchastkalarida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan olingan majburiyatlar bajarilmayotgan xollar yuzaga kelgan taqdirda yer solig’i va molmulk solig’i stavkalarini uch barobar miqdorda qo’llash. Bu borada qabul kilingan O’zbekiston Respublikasining qonuni loyixasi xususiy mulk kafolatlari va uni himoya qilishni kuchaytirish, qurilishi tugallanmagan obektlar savdosini tartibga solish, tadbirkorlik faoliyati yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur yo’nalish bo’yicha belgilangan tadbirlardan yana biri - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muxitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, xuquqni muxofaza kiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qatiy oldini olish xisoblanadi. Dasturdan yil davomida oilaviy biznes va xunarmandlikni moliyaviy qo’llabquvvatlash ko’lamini kengaytirish tadbirlari ham o’rin olgan. Ma‘lumki, 2010 yil 12 noyabrda Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan kontseptsiyada ilgari surilgan muxim qonunchilik tashabbuslaridan birining amaliy tatbiqi sifatida 2012 yil 26 aprelda O’zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi qonuni elon qilindi. Qonunning 3-moddasida «Oilaviy tadbirkorlik oila a‘zolari tomonidan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir», deb belgilab berildi. Ushbu qonundan kelib chiqqan
xolda, oilaviy tadbirkorlikning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin. Qonunga ko’ra, agar oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs ko’rinishida tashkil etilsa, u oilaviy korxona deb yuritiladi. Qonunda u «Oilaviy korxona» deb nomlanib, uning asosiy mazmuni va belgilari bayon etilgan. Yani, oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo’lgan umumiy mol-mulk, shuningdek, oilaviy korxona ishtirokchilaridan xar birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik sub‘ektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subektlarining tashkiliy- xuquqiy shakllaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi qonunida oilaviy korxona ishtirokchilari tarkibi belgilab berilgan. Unga ko’ra, oilaviy korxona ishtirokchilari oila boshlig’i, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi,
mexnatga qobiliyatli yoshga to’lgan boshqa karindoshlaridan iborat bo’lishi mumkin. Oilaviy biznes va xunarmandlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish tadbirlarni amalga oshirish natijasida aholi tomonidan o’z xonadonlarida milliy xunarmandlik asosida tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladi va qo’shimcha daromad manbai yaratiladi. Mamlakatimizda raqobatdosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari yiriklashishini rag’batlantirishga yo’naltirilgan qonun xujjatlari loyixalari ishlab chiqish orqali o’rta biznes sub‘ekti toifasini joriy etish va unga imtiyozlarni belgilash ko’zda tutilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kichik biznes tarkibiga kiruvchi korxonalarning chegaralarini aniqlash o’ziga xos tadrijiy rivojlanish bosqichlari orqali
amalga oshirilib kelmoqda. Xar bir muayyan bosqichda belgilangan miqdoriy chegaralar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda Vazirlar Maxkamasi qarorlariga asoslanib, bularning barchasi mazkur soha rivojining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi yuksak ahamiyatidan darak beradi. Mustaqillikning ilk davridanoq mamlakatimizda kichik biznes sub‘ektlarini xar tomonlama qo’llab-quvvatlash, ular faoliyatini davlat tomonidan samarali tartibga solish maqsadida aloxida soha sifatida belgilab olishga katta e‘tibor qaratib kelinmoqda. Iqtisodiyotning rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay muxitning yaratilishi natijasida kichik biznes sub‘ektlarining sifat va miqdor jixatdan taraqqiy etib borishi bilan ularning miqdorni chegaralari ham takomillashtirib borilmoqda. Mamlakatimizda raqobatdosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari yiriklashishini rag’batlantirishga yo’naltirilgan qonun xujjatlari loyixalari ishlab chiqish orqali o’rta biznes sub‘ekti toifasini joriy etish va unga aloxida imtiyozlarning belgilanishi kichik biznes sub‘ektlarining o’rta biznesga o’tishi va shu tariqa sohaning jadal rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartibtaomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob‘ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish mazkur yo’nalishda belgilangan muxim tadbirlardan xisoblanadi. Yana bir yo’nalish - investitsiya muxitini takomillashtirish, mamlakat iktisodiyoti tarmoqlari va xududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalarni faol jalb qilishdan iborat. 2017 yilning IV choragida xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirish bo’yicha investitsiya faoliyatini
tartibga soluvchi qonunchilik bazasini, shu jumladan, «Xorijiy investitsiyalar to’g’risida»gi, «Xorijiy investorlarning xuquqlarini himoya qilish choralari va kafolatlri to’g’risida»gi, «Investitsiya faoliyati to’g’risida»gi qonunlarni tanqidiy tahlil qilish, xorijiy mamlakatlarning bu soxadagi tajribasini o’rganish natijasida to’g’ridan-to’g’ri amal qiladigan, investitsiya faoliyati, xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini qo’llab- quvvatlaydigan, xorijiy investorlarning xuquqlarini kafolatlaydigan «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida»gi qonun loyixasini ishlab chiqish va kiritish belgilab berilgan. Shuningdek, Dasturda tadbirkorlik sub‘ektlarining muxandislik tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish chora-tadbirlari ham belgilab berilgan. Dasturda belgilab berilgan tadbirlardan yana biri mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o’zini-o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish xisoblanadi. Bu borada tadbirkorlik sub‘ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rag’batlantirish va takomillashtirish, eksport-import operatsiyalarini tartibga solishni takomillashtirish, maxalliy ishlab chikaruvchilarning maxsulotlari raqobatdoshligini oshirish, eksport xajmini ko’paytirish va geografiyasini kengaytirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyixasini
ishlab chiqish ko’zda tutilgan.




Yüklə 460,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin