Umumiy orta ta‟lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o„rganishga yangicha yondashuv - barkamol avlodni tarbiyalash garovi. Bugungi kunda millionlab bolalarimiz yangitdan barpo etilgan va rekonstruktsiya qilingan 10 mingga yaqin maktablarda, 1556 ta litsey va kollejda, 70 dan ziyod oliy o’quv yurtlarida yangi ta‘lim tizimi asosida bilim va tarbiya olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo’lib, xayotda o’z munosib o’rnini topmoqda, mamlakatimiz ta‘lim modelining samarasi va raqobatdoshligi xalqaro maydonlarda tan olinmoqda. Umuman, umumiy o’rta ta‘lim tizimi isloxotlarini yanada demokratlashtirish tufayli chet tillar hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muxim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqur o’rganish yoshlarning bilim va saloxiyatini yanada oshirishga, mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Tizimda raxbar va pedagog kadrlarning masofadan malaka oshirishi bo’yicha zamonaviy metodlar joriy etilgan. Birgina 2016 yilda 93 mingdan ortiq raxbar va pedagog kadrlar 140 ta malaka toifasi asosida o’z maxoratini oshirdi. Xozirgi kunda yurtimizdagi umumta‘lim maktablarida 389 ming 740 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 2016 yilda o’qituvchilar bilim darajasini o’rganish bo’yicha sinovlar o’tkazildi. Jami 20 ming 119 nafar o’kituvchidan 17250 (89,5 foizi) nafari sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi. Qolgan 2869 nafar o’qituvchi navbatdan tashqari malaka oshirish kurslarida o’z bilimini oshirib bormoqda. 2017 yil 14 yanvarda bo’lib o’tgan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisida davlatimiz raxbari ta‘lim-tarbiya tizimida o’quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko’rib chiqish zarurligini qayd etdi. Ta‘lim muassasalarida darslarni samarali tashkil etishda, yetuk kadrlar bilan bir qatorda ta‘limga doir me‘yoriy xujjatlar, o’quv-uslubiy ta‘minotning o’rni katta. Prezidentimiz tomonidan o’qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, o’quvchilarning ongli ravishda kasb-xunar tanlash ishtiyoqini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay yangicha yondashish kabi dolzarb vazifalar aynan shu maqsaddan kelib chiqqan xolda qo’yilmoqda. Haqiqatan ham globallashuv jarayonning jadallashuvi o’quv dasturlarini tubdan qayta ko’rib chiqishni, keng bilimga ega bo’lgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoshlarni voyaga yetkazishga xizmat qiladigan, takomillashgan me‘yoriy xujjatlar, o’quv-metodik majmualarni yaratishni taqozo etmoqda. Metodik xizmatning o’qituvchi extiyojiga asoslangan yangi shakllarini yaratish, ta‘lim sifatini baxolash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish ham muxim vazifalardan xisoblanadi. Bu kabi ishlarning yo’lga qo’yilishi ayni paytda aholining xaqli e‘tiroziga sabab bo’layotgan bir qator muammolarni, jumladan, o’quv muassasalarida ta‘lim-tarbiya jarayonidagi kamchiliklarning barham topishiga xizmat qiladi.