1. Maktabgacha ta‟lim. 2. Umumiy o„rta ta‟lim. 3. O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi. 4. Oliy ta‟lim. 5. Oliy o„quv yurtidan keyingi ta‟lim. 6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. 7. Maktabdan tashqari ta‟lim. Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi - moddiy-texnik bazaga, 20 foizi axborot resurslariga, 64 foizi - inson omiliga bog’liq. Bu uchala omil bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ta‘lim-tarbiyaning moddiy-texnik bazasi, mavjud resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson manfaatiga xizmat qiladi va uning ratsional rivojlanishini belgilab beradi. 2017-2018 yillar davomida yurtimizda 459 ta maktabgacha ta‘lim muassasasi kapital ta‘mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jixozlandi. Bugungi kunda ta‘limni rivojlantirishga yo’naltirilayotgan xorijiy texnik yordam xajmi tobora ortib bormoqda. O’tgan davrda bu boradagi yordam 500 million dollardan ortib ketdi. Osiyo taraqqiyot bankining salkam 290 million dollar mablag’i, Janubiy Koreya xukumatining 110 milliondan ortiq, Jaxon bankining 33 million. OPYeK fondi, Saudiya fondi, Islom taraqqiyot bankining 42 million, Germaniya xukumatining «KfV» banki orqali yo’naltirilgan qariyb 20 million va boshqa donorlarning 100 million dollardan ortiq yordamini qayd etish lozim. Bu esa talim jarayonining bevosita davlat nazoratida ekanining so’zsiz isbotidir. Ya‘ni, davlat ertangi kun istiqbolini o’ylab, talim jarayonida ana shunday yirik islohotlarni amalga oshirmoqda. Ta‘lim-tarbiya va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlarini jadal rivojlantirish uchun 2015 va 2016 yillarda davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo’naltirildi. Shu jumladan, talim va ilm-fanni rivojlantirishga 34.3 foiz mablag’ sarflandi. Bugungi kunda ta‘lim davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishiga aylandi. Davlat byudjetidan ta‘limga ajratilgan mablag’lar byudjet xarajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta‘lim sohasiga yo’naltirilayotgan xarajatlar xajmi mamlakatimiz YaIM tarkibida 10-12 foizni tashkil etadi. Xolbuki, jaxon tajribasida bu ko’rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish, capital rekonstruktsiya va ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. O’quv maskanlarining zamonaviy o’quv laboratoriya, mebel jixozlari bilan ta‘minlangani ta‘lim sifati va mazmuniga yuksak e‘tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi. Yana shuni ta‘kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasida kam ta‘minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo’llab-quvvatlashga aloxida e‘tibor qaratilgan. Xususan, bugungi kunda davlat tomonidan kam ta‘minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo’llab-quvvatlashning quyidagi mexanizmlari mavjud: - ota-onalar to’lovi joriy etilgan barcha ta‘lim muassasalarida kam ta‘minlangan oilalarning bolalarini badal to’lovlaridan ozod qilish; - maktablarda kam ta‘minlangan oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to’plami bilan tekin ta‘minlash - umumta‘lim muassasalarida kam ta‘minlangan oilalarning bolalarini darsliklar to’plami uchun ijara to’lovlaridan ozod qilish va boshqalar. Kelgusida amalga oshiriladigan tadbirlar tufayli Xalq ta‘limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat test markazi, O’zNNTMA zimmasiga aholining ijtimoiy nochor qatlamlarining sifatli ta‘lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida inklyuziv ta‘lim tizimi samaradorligini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi. Vazirlar Maxkamasining shu boradagi qarori loyixasida quyidagi amaliy natijalar nazarda tutilgan: 1) nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyotlar va o’quv qo’llanmalar bilan ta‘minlashni qamrab oluvchi inklyuziv tizimni yanada rivojlantirish; 2) inklyuziv ta‘lim tizimi o’qituvchilariga imtiyozlar berish; 3) jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning oliy o’quv yurtlarida ta‘lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish; 4) nogiron bolalarni uyda o’qitadigan pedagoglarning ishini rag’batlantirish. Bugungi kunda aksariyat maktabgacha ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta‘limga qamrab olish ko’rsatgichi hamon pastligicha qolmoqda(27 foiz). Shu boisdan ham 2017 yil davomi 2200 ta maktabgacha ta‘lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash uchun jami 2,2 trillion so’m mablag’ ajratildi. Maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog’i 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruktsiya qilish va 983 tasini mukammal ta‘mirlash orqali kengaytirildi. Shuningdek, mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qabul qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi. Mazkur qaror maktabgacha ta‘lim tizimi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dasturlar va texnologiyalarni tatbiq etish, farzandlarimizni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalarni xal etishda muxim dasturulamaldir. Binobarin, mazkur xujjatga muvofiq, maktabgacha ta‘lim tizimi yanada takomillashtirilib, yangi muassasalar quriladi, mavjudlari rekonstruktsiya qilinadi hamda mukammal ta‘mirlanadi. Bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlash bo’yicha tashkil qilinadigan qisqa muddatli guruxlarda o’g’il-qizlarning kerakli bilimlarni egallashiga aloxida e‘tibor qaratiladi.