Gumanitar fanlar



Yüklə 460,23 Kb.
səhifə18/69
tarix18.04.2023
ölçüsü460,23 Kb.
#99755
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Gumanitar fanlar

NAZORAT SAVOLLARI:
1. Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatida Oliy Majlisning rolini oshirish yuzasidan Xarakatlar strategiyasida qanday chora-tadbirlar nazarda tutilgan?
2. «Elektron parlament» tizimi qanday vazifani bajarishi rejalashtirilgan?
3. Xarakatlar strategiyasida siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish yuzasidan qanday ishlar amalga oshirilishi maqsad qilib qo’yilgan?
4. 2002 yil 27 yanvarda o’tkazilgan referendum qanday masalaga bag’ishlangan?
5. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi qanday hollarda bildiriladi?


4-MAVZU: QONUN USTUVORLIGINI TMINLASH VA SUD-HUQUQ
TIZIMINI YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YƠNALISHLARI
Reja:
1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash, sudlarning nufuzinioshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish
2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta‘minlash
3. Ma‘muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish
Tayanch so„zlar: Sud, qonun, qonun ustuvorligi, odil sudlov, xabeas korpus, xuquq, erkinlik, murojaat, ma‘muriy, jinoyat, yuridik yordam, fuqarolik, xuquqbuzarlik, jazo, jazolarni liberallashtirish, insonparvarlik, kafolatlangan xavfsizlik, adolat qo’rg’oni, sudlar mustaqilligi.


1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‟minlash, sudlarningnufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish.
Sudyalar va sud apparat xodimlarining mavqeini, moddiy rag„batlantirish va ijtimoiy ta‟minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash. Sudyalar mustaqilligi tamoyili «Sudlar to’g’risida»gi qonun, Jinoyat-protsessual kodeks, Fuqarolik-protsessual kodekslarida o’z ifodasini topgan. Qayd etish kerakki, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo’l qo’yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi. Hech kim sudyalar va xalq maslaxatchilariga tazyiq o’tkazish va ma‘lum bir ish qanday xal kilinishi lozimligi bo’yicha ko’rsatma berish xuquqiga ega emas. Ishning xolisona ko’rib chiqilishiga to’sqinlik qilish yoki noqonuniy qaror chiqarishga erishish maqsadida sudyalar va xalq maslaxatchilariga xar qanday ta‘sir o’tkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi. O’zbekiston Respublikasida sudyalar mavqeini oshirish bo’yicha sudya lavozimida bo’lishning ilk marotaba besh yillik keyin o’n yillik muddatini va shundan so’ng muddatsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo’zg’atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4966-sop Farmoniga ko’ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudyalarni odil sudlov bilan bevosita bog’liq bo’lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda sudyalar zaxirasining shakllanishiga xizmat kiladi. Shuningdek, ushbu farmonga asosan sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida sudyalar hamjamiyatining oliy organi xisoblanadigan va O’zbekiston Respublikasida sud xokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini ta‘minlashga ko’maklashadigan O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Kengashning asosiy vazifalari sifatida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas‘uliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, raxbarlik darajasidagi sudyalik lavozimlariga ko’rsatish uchun tavsiya berish yo’li bilan sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo’yicha choralar ko’rish, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo’yicha takliflar berish va boshqa muxim vazifalar belgilandi. Shuningdek, sudyalarning aloxida maqomini inobatga olgan xolda, ularning mehnatiga xaq to’lash normalari va pensiya ta‘minoti mexanizmini belgilash, shu jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag’lari xisobidan moliyalashtirish tartibini, xar yili respublika byudjetida qonunchilik va ijro xokimiyati organlaridan ajratilgan xolda aloxida qatorda belgilash tizimi joriy etiladi.

Yüklə 460,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin