To’rtinchi yo’nalishda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari o’z ifodasini topgan. Bunda aholi bandligi va uning real daromadlarini izchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat faoliyatining yangi shakl va turlarini joriy etish nazarda tutilmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada chuqurlashtirish masalalariga aloxida ahamiyat berilmoqda. SHuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta‘minlash, xayot sharoitlarini yaxshilash, yo‘l-transport, muxandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni modernizatsiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va munosib turmush darajasini ta‘minlaydigan yuksak madaniyatli yashash sharoitiga erishish chora-tadbirlarini ko‘rish eng muxim vazifa qilib qo‘yilgan. Ta‘lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirishga, xar tomonlama barkamol, yetuk inson - yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalashga aloxida e‘tibor beriladi. Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun choralar bilan takomillashtirishni taqozo etadi. Beshinchi yo’nalish xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatsohasidagi ustuvor vazifalar bilan bog’liq bo’lib, bunda dunyo qalqib turgan, turli mintaqalarda urush davom etayotgan, qon to‘kilayotgan bir sharoitda milliy xavfsizlikni taminlashga jiddiy e‘tibor berish eng muxim vazifalardan biri sifatida belgilangan. O‘ndan ortiq diniy konfessiyalar, 130dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta‘minlash, o‘zaro ishonch, bir-birini tushunish, turli e‘tikod va madaniyatlarni xurmat qilish singaribag‘rikenglik fazilatlarini yanada chuqurlashtirishning ahamiyati beqiyos ekanligi ta‘kidlanadi. O‘zbekiston deb atalgan umumiy xonadonimiz, 33 millionli oilamiz istiqboli uchun diniy e‘tiqodi, milliy mansubligi, kasbu kori va yoshidan qati nazar, xar bir fuqaro mas‘ul ekanini anglash, farzandlarimizni shu ruxda tarbiyalash asosiy vazifa etib belgilangan. O‘zbekistonning tashqi siyosatida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suverenitetini, xududiy yaxlitligini xurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo‘l bilan xal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro xuquqning umum e‘tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanib, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish muhim vazifa qilib qo‘yilgan. Aytish mumkinki, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi o‘tgan 25 yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, xozirgi kunda davrning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb masalalarni xisobga olib, keyingi besh yilga va undan keyingi davrga mo‘ljallangan tarixiy taraqqiyotni yangi ufqlarini ochib berishga qaratilgan bo‘lib, u o‘zining moxiyat etibori bilan O‘zbekistonni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarishni ta‘minlaydigan strategik dasturdir. Albatta, xalqimiz o‘rtasida «Xarakatlar strategiyasi» degan nom bilan tobora mashxur bo‘lib, uning hayotiga chuqur kirib borayotgan mazkur dasturning har bir yo‘nalishi va bandining samarali amalga oshirilishi xar birimizning mazkur jarayonda ongli va vatanparvar fuqaro, shu yurtning fidoyi farzandi sifatida faol ishtirok etishimizga bevosita bog‘liqdir. Buning uchun esa eng avvalo, Xarakatlar strategiyasining ma‘no-mazmunini, uning har bir yo‘nalish bo‘yicha qo‘yilayotgan amaliy va dolzarb vazifalarini chuqur tushunib olishimiz kerak.