Kurs ishiningmaqsadi va vazifalari: Kurs ishining asosiy maqsadi o’zbek
tili olmoshlarini badiiy matnda semantik-stilistik xususiyatlarini o’rganishdan
iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish
ko’zda tutildi.
- olmoshlarning leksik-semantik xususiyatlarini o’rganish;
- nutqiy vaziyatga bog’liq holda olmoshlar sinonimiyasini tahlil etish va
ularning faollik darajasini belgilash;
- olmoshlarning semantik va emotsional, ekspressiv ottenkalari
shakillanishining stilistik shart-sharoitlarini aniqlash;
- badiiy nutqda til birliklari orasida olmoshlarning o’rnini belgilash;
- poetik va prozaik matnlarda olmoshlarning stilistik xoslanishlarining
funksional chegaralanishlarining ekstralingvistik jihatlariga e’tiborni
qaratish.
Kurs ishning tarkibi va hajmi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat bolib, umumiy hajmi 30-betni tashkil qiladi.
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. Badiiy matnda olmoshlarning semantik- stilistik xususiyatlari ilk bor tadqiqot ishi tarzida tadqiq etildi. Unda olmoshlar sinonimiyasi uning nomunativ asoslari, olmoshlarning semantik ma’no taraqiqiyoti va emotsional ekspressiv ottenkalari yuzaga kelishini uslubiy shart-sharoitlari, bu imkoniyatlarni ro’yobga chiqaruvchi lingvistik va ekstvolingvistik omillar tahlil qilindi. Ishda olmoshlarning badiiy nutqda tutgan o’rni aniqlandi va bu uslubdagi stilistik o’ziga xosliklar ochib berildi.
I.BOB. Olmosh va uning xususyiyatlari haqida ma’lumot 1.1. Olmosh va ularning turlari.
Olmosh (lotincha: pronomen) — ot, sifat, son oʻrnida qoʻllanuvchi mustaqil soʻz turkumi. Olmoshlarning asosiy maʼnosi va qaysi soʻz turkumi oʻrnida qoʻllanishi matnda oydinlashadi. Olmoshlarning maʼnosi noaniq va umumiy boʻladi.
Olmoshlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi.