Qaysi olmoshi bilan birga sifat vazifasida keladi va ma’nosi jihatdan har bir
olmoshiga o’xshaydi. Har qaysi guruh so’zning boshida bo’lishini istardi. Qachon
olmoshi bilan birga kelib, “hamma vaqt” degan ma’noni bildiradi. Bu gapda har
qachon takrorlay bersa kerak.
Har olmoshi ba’zi jamlarni va dona sonlar bilan birga qo’llanib, shu sonlarni
ta’kidlab ko’rsatadi: Unib chiqqan har bitta nihol unga sevinch baxsh etardi.
O’g’illarining har uchalasi ham bedarak ketdi. Qizlarning har ikkovi ham juda
odobli.
Har so’zi so’roq olmoshlarida kim so’zi bilan birga kelib, “hamma”, “har
qanday odam” degan ma’noni ifodalaydi. Bo’lishsizlik olmoshlari Inkor olmoshlari ma’no jihatdan belgilash olmoshlarining zidi bo’lib, barcha predmet yoki belgiga nisbatan inkor ma’nosini-bo’lishsizlikni bildiradi. Bu olmoshlar ishtirok etgan gapning kesimi inkor shaklida kelib, gap inkor gap hisoblanadi. So’roq olmoshlari hech so’z bilan birikib kelganda so’roq olmoshlarining ma’nosi o’zgarib, shaxs (hech kim), predmet (hech nima), miqdor (hech qancha), belgilovchi so’zlar hosil qiladi. Hech kim olmoshi inkor gaplar tarkibida uyushgan bo’laklarning umumlashtiruvchi so’zi vazifasida ham kela oladi. Unga na yo’lovchi, na samovarchi – hech kim e’tibor qilmadi. Hech nima olmoshi predmet yoki voqea - hodisaga nisbatan inkorni bildiradi. Biroq Saidaning yuzida hech qanday o’zgarish yo’q edi-ku! Hech nima olmoshi (predmet) ham ko’pincha otlar o’rnida kelib, otlarga xos
egalik va kishilik qo’shimchalarini oladi. Gapda otlar kabi vazifani bajaradi:
Mening hech nimam yo’q. Hech nimadan tap tortmaydigan odam. Hech qanday olmoshi predmet belgisiga nisbatan inkorni bildiradi: Saidaning yuzida hech qanday o’zgarish yo’q edi. (A.Qahhor). Hech qanday so’zi paytga nisbatan inkor ma’nosini bildiradi. Gapda ravish
o’rnida qo’llaniladi – ish harakatning yuzaga kelmaganini bildiradi. Kimsa so’zi
ham bo’lishsizlik olmoshi o’rnida qo’llanilib shaxsga nisbatan inkor ma’nosini bildiradi. Lekin shaftoliga kimsa boqmaydi. (Oybek). Hech kim boqmaydigan.
Uyda kimsa yo’q edi. – hech kim yo’q edi. Gumon olmoshimuayyan predmet, shaxs, belgi yoki harakat xususida o’ta
muhum tushunchani bildiradi. So’roq olmoshi bilan qo’shilib keladigan (alla va dir) birligi ushbu olmoshga noaniqlik ma’nosini kiritadi. Gumon olmoshlari asosan ot va sifat o’rnida qo’llaniladi. Yo’lakda Safoxonning kimgadir shang’illagani
eshitildi. (X.Sultonov Bir oqshom ertagi, 53-bet).
Alla olmoshi ba’zi so’roq olmoshlari bilan birga gumon olmoshlarini yasaydi: allakim, allanima, allaqanday va boshqalar. Allanima olmoshi ko’pincha ot o’rnida ishlatilib, turli kishilik qo’shimchalari, egalik va ko’plik qo’shimchalarini oladi. Bobom goho behushday allanimlarni shivirlab qo’yadi (Oybek). Mehri yuragini zulukday so’rib yotgan allanimalardan qutilib chiqdi. (A.Qahhor).