Gumanitar fanlar


O’zbek tilida olmoshlarning leksik-semantik xususiyatlari



Yüklə 62,93 Kb.
səhifə8/14
tarix04.05.2023
ölçüsü62,93 Kb.
#107546
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1.2. O’zbek tilida olmoshlarning leksik-semantik xususiyatlari
I.Suyarov o’z ishida dastlab olmoshlarnimustaqil so’z turkumi sifatida ajratish pirinsiplarini ishlab chiqdi. Bunda u olmoshlar grammatik xususiyatlari asosida emas, balki leksik –simantik belgilari bo’yicha bir turkumga birlashadi, degan fikrni bildiradi. Olmoshlarning bir guruhga birlashishi esa asosan leksik –simantik belgisiga ko’ra bo’ladi. Ularning predmet, narsa belgi yoki miqdorni bildirmasligi balki ko’rsatishi, mavjudligiga ishora qilishi olmoshlarning boshqa so’z turkumlaridan farqlovchi umumiy belgi hisoblanadi. Bundan tashqari ular faqat yakka so’zlar o’rnidagina emas, shuningdek, so’z birikmalari, butun bir necha gapdan iborat yaxlit kontekst, matn o’rnida ham qo’llaniladi.
Shu sodiq bevaga aylang ehtirom.
Hatto zeb – ziynatni yulib ziyoda,
Haykal ham qo’yingiz bamisli xayol.
Shundaylar bo’lmasa agar dunyoda.
Bunchalar muhtaram bo’lmasdi ayol.
(A.Oripov, Tanlangan asarlar. I jild, 84-bet ).
Bu misolda shunday olmoshi yuqorida aytganimizdek birikma o’rnida (sodiq beva birikmasi o’rnida) kelmoqda. Jahonda zar yashashni biladigan odamlar bor,-dedi,-Nabi muzlab yotgan ko’rpa qatiga sho’ng’ib. U bitta o’zi. (X.Sultonov. Bir oqshom ertagi). U, bizda, o’zi … gapdagi u bizda o’zi olmoshi ham yuqoridagi gapda qandaydir. Javob tariqasida, ham ta’kid, kuchaytirsh ma’nosini berishiga xizmat qilmoqda. Olmosh so’z turkumi boshqa so’z turkumlariga nisbatan son jihatdan ozchilikni tashkil qiladi, biroq qo’llanish nuqtayi – nazaridan eng faol sanaladi. Olmoshlar ot, sifat, son ravish kabi turkumlar o’rnida kelib, ularning ham vazifasini bajaruvchi so’z turkumlaridan biri hisoblanadi. Og’zaki va yozma nutqda keng qo’llanilib, xilma-xil funiksional vazifalarni bajaradi. Olmoshlar, asosan, denotativ ma’noda ishlatiladi. Shu bilan birga, boshqa so’z tukumlari ga nisbatan nofaol bo’lsada, ularni konnotativ ma’nolarini ham ifodalab kela oladi. Ular nutqining ixchamligini taminlash bilan birga nutqning tejamkor bo’lishiga olib keladi. Bundan tashqari olmoshlar nutiqning xilma – xilligini shakllantiruvchi muhim lisoniy omillardan biridir. Shu jihatlariga ko’ra so’z turkumlari orasida o’z o’rniga ega bo’lib, alohida leksik – semantik xususiyatlari mavjud. Grammatikaga oid adabiyotlarning deyarliko’pchiligida o’tgan asr adabiyotlarida ot, sifat, son kabi o’z turkumlari o’rnida qo’llanuvchi so’z sifatida olmoshlar e’tirof qilinadi. Ayrim adabiyotlarda ravish o’rnida qo’lanilishi yoki qo’lanilmasligi aniq ko’rsatilmay, olmoshlar ot, sifat, son kabi turkumlari o’rnida qo’llanuvchi so’zlar sifatida ta’riflanadi.
Ayrim adabiyotlarda olmoshlar ravish so’z turkumiga oid so’zlar o’rnida
ham qo’llana olishi aytiladi. Ayrimlarda esa olmoshlarning ravish o’rnida qo’llanilishi yoki qo’llanmasligi aniq ko’rsatilmay olmoshlar ot, sifat, son kabi so’z turkumrlari o’rnida qo’llanuvchi so’zlar sifatida ta’riflanadi. Lekin bularda ham ravish o’rnida qo’llanuvchi qachon, qayerda kabi so’zlar olmoshlar qatoriga
kiritiladi.
Keyingi yillar adabiyotlarda maqola va monagrafiyalarda olmoshlarning
leksik-semantik, grammatik xususiyatlari, imkoniyatlari kengroq ochilib, turli
atamalar bilan ham (“ichi bosh so’zlar, ishora so’zlar”) atalib kelinadi. Masalan,
R.Sayfullayev, B.Mingliyev va boshqalar tomonidan chiqqan “Hozirgi o’zbek
adabiy tili” kitobida quyidagi fikrlar keltirilmoqda. “Ma’lumki, so’zlar ma’naviy
belgisiga ko’ra uch turga bo’linadi”.
a) Mustaqil ma’noli so’z (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid);
b) Bo’sh-ishora ma’noli so’z (olmosh);
c) Yordamchi ma’noli so’z (ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, ko’makchi
fe’llar).
“Ishoraviylik” ramzi bilan ataluvchi olmosh boshqa leksemalardan ajralib
turadi. O’zbek tilshunosligida olmoshning doirasi va vazifasi zo’rma-zo’rakilik
bilan ancha chegaralanib “ot, sifat, son o’rnida qo’llanuvchi so’z” sifatida o’ta tor
tushunilgan. Vaholangki, bu bilan olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe’l,
ravish, taqlid, undov, gap va hatto matnni olmashtira olish, ularga ishora etish
xususiyatlari hisobga olinmagan. Darslikda yuqoridagi fikrlar isbotlanib, men, sen,
u, biz, siz, ular shaxsga kim, nima, bu, ana, mana bu kabi olmoshlar predmetga,
qanday, shunday, bunday kabilar belgiga, buncha, shuncha, qancha kabilar
miqdorga, qachon, qachon paytga, qayer o’ringa, shunday bo’lmoq, qanday qilmoq
kabi harakat-holatga ishora qilish aytiladi. Hech bir so’zni almashtirmasdan kelishi
ham misollar yordamida berilgan. Kim mehnat qilsa, u rohat topadi. Men kecha
keldim. Sen buni bilasan. Nima qilsam ham men o’zim bilaman. Hamma
mehmonlar biznikida. Barcha mushkulotlar oson bo’ldi kabi gaplarda kishilik,
belgilash, o’zlik olmoshi hech bir so’zni almashtirmagan. Fikrlardan ko’rinadiki,
olmosh hamma vaqt ham qandaydir bir so’zni almashtirib, uning o’rnida
kelavermaydi. Bu holat ham olmoshlarning o’ziga xos leksik-semantik xususiyat-
larini ifodalaydi. Shu o’rinda yana bir narsani aytib o’tish kerakki, arab
tilshunosligida olmosh alohida so’z turkumida berilmagan, balki har bir so’z
turkumi ichida “yashirin ma’noli so’z”, zamizlar sifatida alohida guruhlarga
ajratilgan.
Masalan, kitob, daftar-aniq ma’noli ot bo’lsa, men, sen, kim yashirin
ma’noli ot(zamir ot) dir. Yoki oq, qizil, chiroyli ma’lum ma’noli sifat hisoblansa,
bunday, shunday, kabilar “zamir sifat”dir
Olmoshlarning leksik – semantik xususiyatlaridan biri shuki, ular shaxs,
predmet, belgi yoki miqdorga xos bo’lgan umumiy ma’noni anglatadi. Olmoshni
bildiruvchi ma’no nutq jarayonida aniq yuzaga chiqadi. Ular o’zlari almashtiruvchi
so’zlar kabi morfologik jihatdan o’zgaradi. Olmoshlarda umumiylik juda kuchli
darajada bo’ladi. Masalan, bu so’zi kontekstdan tashqaridan olinganda uning
ma’nosi juda umumiy mavhum xarakterga ega bo’ladi. Bu daraxt bo’lishi ham mumkin, bu-odam bo’lishi ham mumkin, bu hayvon bo’lishi ham mumkin va
hokazo. Shuning uchun umumlashtirish, ummumiylik haqida gapirganda
olmoshlardan misol keltirishi bejiz emas. Ularning ma’nosi esa gapda o’zi
aloqador bo’lgan so’z bilan birgalikda aniqlanadi. Tabiat buyuk bir shoir ekan.
Yomg’irni yerga ranglar kamalagida solib otadi… yerga oshiqayotgan har uchqun
qorga gul solib ulgiradi. U chindan ham buyuk! Shogid bo’lsam edi, unga…
(O.Matjon “Iymon yog’dusi”, 128-bet). Hayriyat qonim yurtimizga to’kiladigan
bo’ldi, - dedi u allaqanday quvonch bilan. (S.Ahmad, Qorako’z majnun, 75-bet).
Birinchi gapda u tabiat so’zi o’rnida, ikkinchi gapda shaxs ma’nosini
ifodalamoqda. Bu ma’no esa gap ichida anglashilmoqda. Olmoshlarning leksik-
semantik xususiyatlaridan biri ular ot, sifat, son kabilar o’rnida “shunchaki
qo’shimchasi” so’zlar emasligidadir. Chunki biror ma’noni ifodalovchi so’z
bo’lgani holda, shu ma’noning aynan o’zini ifodalash uchun tilda yana qandaydir
boshqa so’zlarning bo’lishiga ehtiyoj bo’lmaydi. Olmoshlarning qo’llanishi esa bir
tomondan, ularning tilda turmush talabi bilan kelib chiqqan so’zlar ekanini
ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, tilda muhim o’rni, o’ziga xos xususiyati borligini
ko’rsatadi. Shuning uchun ham olmoshlarning kelib chiqishi qadimiy sanaladi.
Hatto bizning tilimizda yaratilgan qadimiy yodgorliklardan sanalmish Urxun-Enasoy yodgorliklarida ham olmoshlar uchraydi.

Yüklə 62,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin