O 'ZBEK ISTO N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
NIZOM IY N O M ID A G ITO SH K EN T
DAVLAT PEDAGO GIKA
UNIVERSITETI
ZIYODA MASHARIPOVA
IFODALI 0 ‘QISH
PRAKTIKUMI
Bakalavriatning “0 ‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani”
bilim sohasi talabalari uchun darslik
A lisher N avoiy n o m id a g i
O z b e k isto n M illiy k u tu b x o n asi
n a s h riy o ti- 2 0 1 1 y.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Darslikda ifodali o ‘qishning maqsad va vazifalari, mazmun mundarijasi,
badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchini reallashtirishda ifodali o ‘qishning
o ‘rni va roli kabi masalalar haqida so‘z yuritilgan. Ifodali o ‘qish va notiqlik
san’atining shakllanishva taraqqiyotbosqichlari,shuningdek, ifodali o ‘qishning
ijro kechimida qatnashadigan nutq a’zolari harakati va holatining so ‘zlovchi
(ijrochi) tomonidan maqsadga muvofiq tarzda bajarilishi, urg‘u, intonatsiya,
temp, ritm kabi ifodali o ‘qish vositalari haqida tegishli ma’lumotlar berilgan.
•
Ifodali o ‘qishning she’riy va nasriy janrlardagi o ‘ziga xos xususiyatlari
badiiy asarlar matni tahlili asosida bayon qilingan bo‘lib, bunda nazariyaning
amaliyotga tatbig‘i ham o ‘z ifodasini topgan.
Б Б К 81.2-5
M as’ul m uharrir:
f.f.d. H.Homidiy
Taqrizchilar:
professor H. Jamolxonov
f.f.n. Q.Ergashev
ISBN 978-9943-06-333-4
© «Alisher Navoiy» nomidagi
0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi
nashriyoti, 2011 y.
© Ziyoda Masharipova, 2011 y.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Jamiyat taraqqiyoti va kelajagi yosh avlodning bilim darajasi va
m a’naviy kamoloti bilan chambarchas bog‘liq.
Yoshlami har tomon-
lama barkamol qilib tarbiyalashda esa, so‘z san’atining o ‘mi va ro‘li
beqiyosdir.
Adabiyotimizning durdona asarlarida mujassam bo‘lgan odamiylik
tuyg‘ulari, qahramonlaming m a’naviy qiyofasi, ijodkoming badiiy da-
hosi, ona tilining behad go‘zalliklaridan foydalanish mahorati, aw alo ,
asami ifodali o‘qish jarayonida ko‘proq namoyon b o ‘ladi. Ayniqsa,
o ‘zbek rnumtoz adabiyotining o ‘ziga xos uslublari
asosida yaratilgan
xilma-xil majoziy timsollar, badiiy san’atlar vositasida yuzaga kelgan
she’riy asarlami ifodali o ‘qish va tahlil qilish talabadan chuqur bilim va
malaka egasi bo‘lishni taqozo qiladi. Binobarin, ifodali o ‘qish darslari-
da olib boriladigan nazariy va amaliy m ashg‘ulotlar
talabalaming
bilim doirasini kengaytirish barobarida, nutq madaniyatini o ‘stirish,
o fcqituvchilik malakasini shakllantirishga ham katta yordam beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta ’kidlaganidek,
“Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, a w a lo , ona allasi, ona tilining be-
takror jozibasi bilan singadi... Ona tili - bu millatning ruhidir” 1. Zero,
milliy ruhni anglash, ona tilining betakror jozibasini
chuqur his qi-
lishni o ‘rgatishda, ayniqsa, ifodali o ‘qish m ashg‘ulotlari eng ta ’sirchan
vosita bo‘ lib xizmat qiladi. Shuningdek, ifodali o ‘qish m ashg‘ulotlari
badiiy asami tahlil qilishga, adabiyotning
maftunkor ohanglaridan
zavqlanishga, ezgu va go‘zal tuyg‘ulam ing qaror topishiga ham yaqin-
dan yordam beradi. Ifodali o ‘qish san’atining mohiyati ham insonda
hayotga estetik munosabatda b o ‘lish hissini tarbiyalash va o‘stirishdan
iboratdir.