Ifodali o ‘qish san’ati o ‘tmish zamonlarda og4zaki ijodda qanday
ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, yozm a adabiyotda ham shu qadar muhim
o ‘rin tutadi. Zero, badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o ‘qish
jarayonida yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.
Ifodali o ‘qish, ayniqsa, asaming g ‘oyaviy mazmunini chuqur tushu-
nishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy
asarlami ifodali o ‘qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik
tuyg‘ularini shakllantirishga, m a’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.
To‘g‘ri, g ‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal yaratilgan har qanday
asar og‘zaki ifodali nutqsiz, ovoz chiqarmasdan mustaqil o ‘qilganda
ham o ‘zining axloqiy-estetik jihatdan ta’sir kuchini yo‘qotmaydi, in-
sonni tarbiyalash vazifasi kamayib qolmaydi. Lekin ifodali o ‘qish ja-
rayonidagi maftunkor ohang, xilma-xil ovoz tovlanishlari, jozibador
intonatsiya kabi vositalar badiiy asaming emotsional ta’sir kuchini
yanada oshiradi, eshituvchiga beqiyos zavq-shavq bag‘ishlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘z san’ati bilan shug‘ullanuvchi
kishilar, ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun m as’ul bo‘lgan muallim-
lar notiqlik san’atini, ifodali nutq mahoratini puxta egallagan boMishlari
zarur. Holbuki, o ‘qituvchining butun siymosi - xatti-harakatlaridan
tortib, gapirish uslubigacha yosh va tajribasiz, taqlidchan o ‘quvchi
uchun jonli namuna hisoblanadi. Shunday ekan, Respublikamiz Prezi-
denti ta ’kidlaganidek, “0 ‘z fikrini ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta ol-
maydigan mutaxassisni aw alam bor, rahbar kursisida o ‘tirganlami bu-
gun tushunish ham, oqlash ham qiyin” 1 “...Kishining martabasini so‘zi
bila bilurlar, ammo so‘zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki
har kishining ahvoli o ‘z so‘zining ostida pinhondur”2 - deydi unsurul-
m aoliy Kaykovus. Zotan har bir kishining kim ekanligini, uning bilim
darajasini so‘zlariga qarab bilib olish mumkin. Donishmandlar nazdida,
inson so‘zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi. Binobarin, yosh av-
lodning shaxs sifatida kamol topishida muhim rol o ‘ynovchi m uallim-
ning ravon va ifodali nutqi, go‘zal axloqi beqiyos ibrat namunasi bo‘lib
xizm at qiladi. Ajdodlarlarimiz so‘z san’atining, ayniqsa, og‘zaki ijro-
chilik san’atining inson ruhiga k o ‘rsatadigan ta’siriga qadim zamonlar-
dan boshlab katta e ’tibor bilan qaraganlar. Shuning uchun ham, o ‘rta
Dostları ilə paylaş: