Ziyoda masharipova



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

“Maqbul a f’olidin
necha kalima bayon varaqiga yozdim, toki o‘zga podshoh avlodiga
ibratnoma, dasturulamal bo‘lgay’\
- deydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Adib o ‘z davrining insonparvar murabbiysi sifatida davlat, mam- 
lakat boshliqlarining vazifasini k o ‘rsatib berishni, ularga nasihat 
qilishni o ‘zining burchi deb biladi. U davlatni, xalq manfaatlarini 
ko‘zlovchi, xalq orzu-um idlarini amalga oshiruvchi vositaga aylan- 
tirishga, davlat arboblarini xalq xizm atchilariga aylantirish g ‘oyasini 
ilgari suradi. Jamiyatdagi tengsizlik va haqsizlikni hukmron tabaqa- 
larda yuksak axloqiylik va insoniylik fazilatlarini qaror toptirish orqa­
li bartaraf etmoqchi b o ‘ladi. Xullas, “Axloqi M uhsiniy”da insonga 
sharaf keltiradigan poklik, imon, e ’tiqod, ezgulik singari sifatlarning 
ahamiyatini ta ’kidlash barobarida, podshoh va saroy xizm atchilarining 
xislatlari, burch-vazifalarini belgilab beradi. Adib faqat podshoni 
emas, balki oddiy insonni ham dili, niyati pok, xayr-saxovatli, kamtar, 
dono, dunyo sir-sinoatlarini bilishga qiziquvchi aql-zakovat egasi si­
fatida k o ‘rishni orzu qiladi. Koshifiy ijtimoiy-axloqiy idealni yuzaga 
chiqarishning asosiy vositasi deb ilm -m a’rifat va axloqiy tarbiyani 
tushunadi.
Adibning “Anvori Suhayliy” nomli asari ham axloqiy-didaktik 
xarakterda bo‘lib, u mashhur “Kalila va Dimna” ta’sirida yaratilgan. 
“Anvori Suhayliy”da Sharq adabiyotida keng tarqalgan hikoyat va ri- 
voyatlar keng o ‘rin egallaydi va shu orqali adib qissadan hissa chiqarib, 
o ‘zining o ‘git va nasihatlarini, axloqiy qarashlarini bayon etadi.
“Risolai Xotamiya” asarida esa, Xotam Toyi timsolida oliyhim- 
matlik va saxiylik fazilatlari targ‘ib qilinadi. Ehson va saxovat kishini 
komillik sari eltuvchi eng go‘zal sifatlardan ekanligi uqtiriladi. Yuqori- 
da nomlari qayd etilgan asarlardan tashqari, Husayn Voiz Koshifiy no­
tiqlik san’ati nazariyasiga oid “Sahifai Shohi”, “Dah majlis”, “Maxzan 
ul-insho” kabi qo‘llanmalar ham yozgan. Shu bilan bir qatorda, “Axloqi 
Muhsiniy”, “Risolai Xotamiya”, “Anvori Suhayliy” asarlarida ham 
so‘z, notiqlik san’atiga doir qimmatli fikr-mulohazalar uchraydi. Ushbu 
asarlar X V asrdayoq Xuroson viloyatlari madrasalarida darslik sifatida 
keng qo‘llanilgan.
Adibning “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” 
asari ham uning boshqa asarlari singari asrlar davomida axloq va odob 
dasturi sifatida insonlar qalbini ezgulik nurlari bilan yoritib kelgan. 
Asarda javonm ardlik ilmi qonun-qoidalari va tasa w u f falsafasi haqida 
qimmatli fikr-mulohazalar ilgari surilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


“Futuvvatnomai sultoniy...”ning oltinchi fasli suhbat odobi ma- 
salasiga bagMshlangan bo ‘lib, unda m uallif kattayu kichik - hammaga 
birdek zarur bo ‘lgan nihoyatda ibratli fikrlami bayon etadi: 

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin