1. Alisher Navoiy. 0 ‘n besh to‘mlik. 0 ‘n ikkinchi tom.
Majolis un-
nafois. - Toshkent: G ‘.G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti.
1966.
2. Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonm ard
lik tariqati (fors tilidan Najmiddin Kornilov tarjimasi). - Toshkent:
A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994.
3. S.Inomxo‘jayev, A.Zunnunov. Ifodali o ‘qish asoslari. -Toshkent:
0 ‘qituvchi, 1978.
4. Ravshanbek Mahmudov. Degonimni ulusqa m arg‘ub et... - Tosh
kent: 0 ‘zbekiston, 1992.
QADIM YUNONISTONDA NOTIQLIK SAN’ATI
Reja
1. Yunonistonda notiqlik san’ati taraqqiyoti va uning sabablari.
2. Notiqlik san’ati va Aristotel ijodi.
3. Mark Tulliy Sitseron - mashhur notiq va nazariyotchi olim.
4. Demosfen - beqiyos notiq, otashin vatanparvar.
Antik davrlarda yunonlar chuqur fikrlash va chiroyli gapirish ilmini
hikmat va donishmandlik deb ataganlar. Notiqlik san’atining buyuk
namoyandasi Sitseronning m a’lumotlariga qaraganda,
Suqroti hakim
zamonlarigacha falsafa va notiqlik yagona ilm sifatida mavjud b o ‘lgan.
Suqrot o ‘z mulohazalari bilan dono fikr va ziynatlangan nutqning ya
gona ilmini ikkiga ajratib q o ‘ygandan keyin fikrga ayrim, nutqqa ayrim
o ‘qitish odati paydo b o 'lg an 1. Shundan keyin kishilami har tomonlama
mukammal, go‘zal nutq so‘zlashga o ‘rgatuvchi maxsus ritorika ilmi vu-
judga kelgan. M a’lumotlarga qaraganda ritorikaning asl vatani Sitsiliya
oroli bo ‘lib, eramizdan oldingi V asm ing o ‘rtalarida bu yerda demokra-
tik tartiblar o ‘matilgach, notiqlik faoliyatining rivoji uchun keng yo‘l
ochiladi.
Mashhur ritor Gorgiy (taxminan 483-376) 427 yilda o ‘z shahri
Leontina uchun harbiy yordam so‘rab maxsus elchi sifatida Afinaga ke-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ladi va xalq majlisida gapirgan nutqi bilan Afina yoshlarida juda kuchli
taassurot qoldiradi; shundan keyin ko‘p o ‘tmay Gorgiy butunlay Afi-
naga ko‘chib kelib, shu yerda ritorika maktabini ochadi va o ‘z shogird-
lariga chiroyli so‘zlash san’atini o ‘rgata boshladi.
Gorgiyning fikricha, notiqning eng
muhim vazifasi tinglovchini
ishontirish, uni maftun etish va o ‘ziga rom qilishdan iboratdir. Gorgiy,
asosan, mifologik mavzularda tantanali nutq so‘zlagan, uning nomi os-
tida bizga qadar “Yelena” va “Palimed” sarlavhali ikkita yozma nutq
yetib kelgan.
Notiqlik san’atiga ehtiyoj Afinada, ayniqsa, juda kuchli edi. Chunki
Yunonistonda demokratiya tuzumi qaror topgach,
respublikaning har
bir ozod kishisi xalq majlislarida, senat kengashlarida, sud ishlarida
erkin nutq so‘zlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Afina davlatidagi sud
tartiblari ham notiqlik san’atining keng rivoj topishiga kuchli ta ’sir
ko‘rsatadi. Mazkur tartiblarga ko‘ra, sudga
ishi tushgan har bir kishi
shaxsan sud majlisiga kelib, d a’volarini bayon etishi yoki o ‘zini hi-
moya qilishi lozim edi. Lekin hamma ham voqea tafsilotlarini man-
tiqan asoslab, chiroyli gapirish iqtidoriga ega bo‘lavermaydi. Natijada,
hozirgi advokatlarga o ‘xshagan va qadimgi yunon tilida “logograflar”
deb ataluvchi maxsus kasb kishilari paydo bo‘ldi. Bilimdon, so‘zga
chechan notiqlaming ko‘pchiligi “ logograflik” bilan ham shug‘ullanib
sudlashuvchilarga maxsus nutq matnlarini yozib berganlar. Logograflar
haqida fikr yuritilganda ko‘pincha manbalarda
Lisiy nomi qayta-qayta
tilga olinadi.
Asli sitsiliyalik bo‘lgan mashhur so‘z ustasi Lisiy Afinada yashagan
(459 - 380). 0 ‘z faoliyatini logograflik kasbiga bag‘ishlagan bu zot,
asosan, sud nutqlarini ijod etgan. U har bir nutqni yozishga kirishar-
kan, a w a lo , bu nutqni buyurtma bergan kishining tabiatiga,
ijtimoiy
mavqeiga qanchalik monand kelish-kelmasligiga katta e ’tibor beradi.
Masalan, qishloqdan kelgan oddiy bir dehqon yoki o ‘rtamiyona sha-
har fuqarosi hech qachon kitobiy iboralar ishlatib, murakkab qonun-
ning kerakli boblarini dalil keltirib, hashamatli nutq so‘zlay olmaydi.
Agar shunday qilsa, aytgan gaplarining soxtaligi bilinib qoladi. Lisiy
san’atkorligining asosiy siri
shundaki, u nutq matnini yozishga kirishar
ekan, o ‘z oldiga faqat bir maqsadni qo‘yadi; u ham bo‘lsa so‘zlayotgan
kishi haqida sud hay’ati dilida eng yaxshi taassurotlar qoldirish,
www.ziyouz.com kutubxonasi
uning har bir gapi yurakdan chiqayotgan, chinakam samimiy gaplar
ekanligiga ishontirishdir. Lisiy qo‘li bilan yozilgan nutqlaming biron-
tasida so‘zlovchining tabiatiga mos kelmaydigan dabdabali, serhasham
iboralami uchratmaymiz. Lisiy nutq
uslubining aniq va ravshanligi,
tilining sodda va ravonligi, har bir odamni o ‘z tilida gapirtira olish ma-
horati uni yunon tarixida o ‘tgan logograflarning eng mashhurlari qato-
riga qo‘ydi.
Shu tariqa notiqlik san’ati rivojlanib, uning
Dostları ilə paylaş: