Ziyoda masharipova



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

siyosiy notiqlik, sud
notiqligi, epidektik notiqlik 
kabi turlari paydo bo‘ladi. Epidektik 
notiqlar ulug‘ zotlarni va mashhur voqealami madh etib, tantanali 
yig‘inlarda nutq so‘zlaganlar.
Notiqlik san’atining rivojlanishi, adabiy tilning, badiiy adabiyotning 
ravnaqida katta ro‘l o ‘ynadi, shuningdek, “Ritorika” ilmining vujudga 
kelishiga sabab bo‘ldi.
Yunoniston va Rimdagi notiqlik san’ati taraqqiyotida muhim o ‘rin 
egallagan mashhur s o ‘z ustalarining har biri o‘z nutq uslubi bilan alo­
hida ajralib turganlar. Bu haqda Mark Tulliy Sitseron shunday deb 
yozadi: “Isokratda nazokat, Lisiyda oddiylik, Gipereidda zukkolik, 
Esxilda tiniqlik, Demosfenda kuch bor. Ular g o ‘zal, zebo emasmilar? 
Ular ozgina bo‘lsa-da, bir-biriga o ‘xshaydilarmi? Afrikanda salmoq- 
dorlik, Leliyda muloyimlik, Galbada keskinlik, Karbonda alohida bir 
ravonlik va ohang bor edi. Ulaming qaysi biri o‘z davrlarida birinchi 
boMmagan? Va aytish kerakki, ulaming har biri o ‘z uslubida birinchi 
edi” 1. Xullas, notiqlar qancha bo ‘lsa, suxandonlik turlari ham shuncha 
xilma-xil boMgan. Shuni ham alohida ta ’kidlash lozimki, qadimgi davr- 
da mashhur bo‘lgan barkamol notiqlaming aksariyati buyuk donish- 
mandlar Platon va Aristotel maktabida ta’lim olgan faylasuf ham edilar.
A R IST O T E L
(miloddan a w a lg i 384 - 322 yillar)
Qadimgi yunon san ’ati va falsafasining yuksak cho‘qqisini Aristotel 
ijodi tashkil etadi. Ayniqsa, uning “Poetika”, “Ritorika” kabi asarlari- 
dagi adabiyot va san’at bilan bog‘liq b o ‘lgan qimmatli fikr-mulohazalar 
hanuzgacha ilm olamida dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aristotel go‘zallik falsafasini o ‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi. 
U go‘zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko‘radi. Aristotel tal- 
qiniga ko‘ra, go‘zal san’at asarlari inson qalbini salbiy hissiyotlardan 
forig‘lantiradi, natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rguliklariga 
xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga tush- 
ganlarga o ‘zida hamdardlik hissini tuyadi; y a’ni, san’at insonni olija- 
nob qilish, yaxshilash, go‘zallashtirish xususiyatiga ega.
Qadimgi dunyo ilm-fani, falsafiy qarashlarining buyuk donishmandi 
Aristotel miloddan aw algi 384-yilda Makedoniyaning Stagira shahrida 
tug‘ilgan. Uning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning 
shaxsiy tabibi bo‘lgan. Aristotel 17 yoshidan 37 yoshigacha faylasuf 
Platon akademiyasida tahsil oladi. 342-yilda podshoh Filippning taklifi 
bilan Makedoniyaga qaytib, Aleksandrga murabbiylik qila boshlaydi. 
Aleksandr Makedonskiy hukmronlik taxtiga o ‘tirgach, o ‘z ustozi va 
do‘stiga atab haykal barpo ettiradi. Bu haykalning poyida shunday yo- 
zuvlar bor edi: “ A leksandr ushbu yodgorlikni N ikom axning o‘g‘li, 
b u y u k d o n ish m an d va avliyo A ristotel xotirasiga o‘rn a td i” .
Aristotel Aleksandr taxtga chiqqach, yana Afinaga qaytib bu yerda 
“Litsey” nomi bilan shuhrat qozongan falsafa maktabini ochadi va katta 
kutubxona tashkil etadi.
Shu davrda Yunonistonda chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib ket- 
gan, natijada qator notiqlik maktablari ochilgan edi. Bu maktablarda 
so‘z san’ati ustalari - notiqlar yetishtirib chiqarilardi. Keyinchalik maz- 
mundor va ta’sirchan so‘zlash haqida maxsus qoMlanmalar maydonga 
keladi. Shunday asarlardan biri Aristotelning “Ritorika” nomli kitobi- 
dir. Buyuk olim uni miloddan aw algi 330 yillarda yozgan.
Aristotelning ushbu asarigacha ham Anaksimen, Lampsak kabi fay- 
lasuflar “Ritorika” nomli qo‘llanmalar yaratgan edilar. Aristotelning 
“Ritorika” si notiqlik san’atining nazariy asoslarini yanada boyitdi.
“Ritorika” uch kitobdan tashkil topgan bo‘lib, asaming birinchi va 
ikkinchi kitoblari, asosan, chiroyli so‘zlash, ishontirish usullari haqidagi 
fikr-mulohazalardan iborat. Uchinchi kitobda esa, jumlalardagi izchil- 
lik va nutq mantiqiga alohida e ’tibor qaratilgan. Olimning fikricha, no­
tiq tilidagi turli “qorishmalar”, y a’ni so‘zlaming noto‘g ‘ri va noo‘rin 
talaffiiz qilinishi, jumlalaming mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining 
katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikmi ifoda etishga
www.ziyouz.com kutubxonasi


qaratilishi lozimligini, tinglovchi tushunadigan darajada sodda va ra­
von bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulo- 
haza yuritayotgan fikrini tinglovchi qalbiga tez yetishida muhim omil 
bo‘lishini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, Aristotel notiqning auditori- 
yani o ‘ziga jalb etishi uchun turli hazil-mutoyiba so‘zlar bilan lirik che- 
kinish qilib tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli 
ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil sifatlash, chog‘ishtirish va 
metaforalami qo ‘llasa, nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini uqtirib 
o ‘tadi.
Aristotel notiqlik san’atini egallash uchun quyida keltirilgan beshta 
vazifani mukammal bajarishni tavsiya etadi:
1. Nutq matnini kashf qilish. Ya’ni og ‘zaki ijro qilinadigan nutq 
matnini har tomondan chuqur o ‘rganib chiqish.
2. Nutq matnini mantiqan va mazmunan to ‘g‘ri rejalashtirish.
3. Matnni to‘liq eslab qolish.
4. Matnni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish.
5. Nutq matnidagi so‘zlami to‘g ‘ri talaffuz qilish.
Notiqlik san’atining buyuk namoyandasi Mark Tulliy Sitseron ham 
ushbu beshta qoidaga alohida e ’tibor beradi va o‘z asarlarida Aristotel 
qarashlarini yanada rivojlantiradi: “Notiqning barcha kuch va qobiliyat- 
lari ushbu besh vazifani bajarishga xizmat qiladi; birinchidan, u o‘z nutqi 
uchun mazmun topishi zarur; ikkinchidan, topilgan m a’lumotlami tartib 
bilan joylashtirishi; uchinchidan, bulaming hammasini so‘z bilan o‘rashi 
va bezashi, kerak; to‘rtinchidan, nutqni xotirada mustahkamlab qo‘yish; 
beshinchidan, uni munosib ravishda va xush keladigan qilib so‘zlashdir”, -
deydi Sitseron o ‘zining “Notiqlik haqida” deb nomlangan asarida1.
Nutqni ritorik ishlab chiqishda notiq amal qilishi lozim bo‘lgan ush­
bu beshta qoida hozirgi kunda ham o ‘z ahamiyatini yo ‘qotmagan.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin