“Bilgilki, odamizodning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir. So‘z hammavaqt savob uchun ish- latilishi, to‘g‘ri va haqqoniy bo‘lishi kerak. Agar shunday boMmasa, jim turgan m a’qul” 1. Adib suhbat odobi haqida chuqur fikr-mulohaza yuritar ekan,
shayxlar va boshqa martabaga erishgan kishilaming amal qilishi lozim
boMgan qoidalami birma-bir ko‘rsatib beradi:
“Birinchidan, har kimning ahvoliga qarab iftunosib so‘z aytsin. Ikkinchidan, dag‘allik qilmasdan, lutf va muloyimlik bilan ga- pirsin. Uchinchidan, gapirayotganda tabassum qilib, ochilib gapirsin. To‘rtinchidan, ovozini baland ko‘tarmasin, eshituvchilarga ma i d keltirmaydigan qilib gapirsin. Beshinchidan, odamlarga naf’i tegadigan m a’noli gaplarni ga pirsin. Oltinchidan, agar so‘zning qimmati - qadri bo‘lmasa, uni tilga olmasin, chunki ulugMarning so‘zi bamisoli urug‘dir, agar urug6 puch yoki chirigan bo‘lsa, uni qayerga ekmang unib chiqmaydi”2. Husayn Voiz Koshifiy martabaga yetmaganlaming suhbat-odobi
haqida ham alohida to‘xtalib, bunda u quyidagi sakkizta qoidaga amal
qilish lozimligini ta ’kidlaydi:
Birinchidan, so ‘ramagunlaricha gapirmasin. Ikkinchidan, gapirayotganda ovozini baland ko4armasin. Uchinchidan, gapirayotganda o ‘ngu so‘lga qaramasin. To'rtinchidan, g (arazli va kinoya gaplarni gapirmasin. Beshinchidan, qattiq gapirmasin va betgachoparlik qilmasin. Oltinchidan, pushaymon boMmaslik uchun o^ylab gapirsin. Yettinchidan, odam lar gapini bo4ib so(z qotmasin. ’ Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati (fors-tojik tilidan Najmiddin Kornilov taijimasi). - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi