Guruh : 301-guruh Talabaning F. I. Sh


Dispers sistemalarning agregativ barqarorlik omili



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə2/4
tarix05.05.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#108217
1   2   3   4
Fizik-Kolloid Kimyo.MT-2

Dispers sistemalarning agregativ barqarorlik omili
Dispers sistemalarning agregativ barqarorlik omili

kinetik

termodinamik

Agregativ barqarorlik bu - ma‘lum sistemani tashkil qilgan mitsellalarning u yoki bu o‘lchamda disperslik darajasini saqlash xususiyatidir. Bu barqarorlik turini bir tomondan kolloid zarrachalarning zaryadi bilan, ya‘ni ularga bog‘liq holda ular tufayli, ikkinchi tomondan esa kolloid zarrachalar atrofida erituvchi molekulalarining solvatlangan qobiqlari bilan qalin bog‘langan bo‘lishi orqali tushuntirish mumkin. B.V. Deryaginning tekshirishlariga binoan, solvatlangan qobiqlar o‘zining qayishqoqligi va yuqori qovushqoqligi tufayli zarrachalarning yopishib qolishiga to‘sqinlik qiladi, ya‘ni “ajratuvchi“ ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, agregativ barqarorlik omillari kinetik barqarorlik omillaridan farqlanadi. Bu farq quyidagidan iborat: temperaturaning oshishi, zarrachalarning cho‘kishiga to‘sqinlik qilsa, ularning yiriklashishiga yordam beradi, agar Broun harakati intensivligining oshishi zarrachalarning cho‘kishiga to‘sqinlik qilsa, zarrachalarning o‘zaro yopishib birikishi Broun harakatidagi to‘qnashuvlar natijasida vujudga keladi. Suspenziyada va emulsiyalarda zarrachalarning o‘lchamlari ancha katta bo‘lganligidan ular o‘z-o‘zicha harakat qila olmaydi, ya‘ni ularda diffuziya deyarli sodir bo‘lmaydi. Shuning uchun suspenziya va emulsiyalar sedimentatsion jihatdan barqaror emas. Demak, dag‘al dispers sistemalar sedimentatsion barqaror bo‘lmagan mikrogeterogen sistemalardir. Kolloid eritmalarning disperslik darajasi yuqori bo‘lganidan ularning mitsellalari o‘z-o‘zicha harakat qila oladi, ya‘ni kolloid eritmalarda diffuziya sodir bo‘ladi. Shuning uchun kolloid eritmalar sedimentatsion jihatdan barqarordir. Lekin kolloid eritmadagi zarrachalar har xil ta‘sirlar ostida bir – biri bilan birikib, yiriklasha oladi va kolloid sistemalarning disperslik darajasi kamayadi. Natijada sistema o‘z barqarorligini yo‘qotadi. Shuning uchun kolloid sistemalar agregativ barqaror bo‘lmagan mikrogeterogen sistemalardir. Chin eritmalar esa agregativ va sedimentatsion barqaror gomogen sistemalardir. Agregativ barqarorlikning sababi 2 ta:


1. Kolloid zarrachalar bir xil zaryadga ega bo‘ladi;
2. Kolloid zarrachani erituvchining molekulalari qurshab olib, zarracha atrofida solvat qobiqlar hosil qiladi.
Sistemaning agregativ barqarorligi zol tarkibiga, uning zarrachalari tuzilishiga va kolloid eritma qanday holatda ekanligiga bog’liq. Dispers sistemaning sedimentatsion (kinetik) barqarorligi dispers faza zarrachalarining og‘irlik kuchi ta‘sirida dispersion muhitdan ajralmaslik qobiliyatini ko‘rsatadi. Agregativ barqarorlik – kolloid (dispers) sistemalarning vaqt davomida disperslik darajasini ya‘ni zarrachasining o‘lchamini va individualligini o‘zgartirmasdan saqlash xususiyati. Agregativ barqarorlik buzilganda koagulyatsiya sodir bo‘ladi.





Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin