Guruh : 301-guruh Talabaning F. I. Sh


Kolloid eritmalarning elektrik xossalari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə3/4
tarix05.05.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#108217
1   2   3   4
Fizik-Kolloid Kimyo.MT-2

Kolloid eritmalarning elektrik xossalari .
Kolloid zarrachalar ma’lum bir zaryadga ega bo‘lganligi uchun kolloid eritmaga tashqaridan elektr toki berilganda zarrachalar biror elektrodga tomon harakat qiladi: manfiy zarracha musbat elektrodga, musbat zarracha manfiy elektrodga tomon boradi. Kolloid zarrachalaming tashqi elektr maydon ta’sirida harakat qilish hodisasi elektroforez yoki katoforez deyiladi.

Bu hodisani 1807-yilda Moskva universitetining professori Reyss birinchi bo‘lib kashf etgan. Reyss bir parcha loyga ikki nayni o'rnatib, bu naylarga tozalab yuvilgan qum soldi va ikkala nayga bir xil balandlikda suv quydi. So‘ngra bu suvga o‘sha vaqtda elektming birdan bir manbai bo‘lgan Volt ustuni elektrodlarini tushirdi. Tok yuborilgandan bir oz vaqt o‘tgach, musbat elektrod tushirilgan naydagi suv loyqalanadi: loy zarrachalari sekin asta ko‘tarilib, suvda suspenziya hosil qila boshladi. Lekin shu bilan bir vaqtda bu naydagi suv kamaya bordi, manfiy elektrod tushirilgan nayda esa suv ko'tarila boshladi. Reyss bu tajribasi bilan loy zarrachalari manfiy zaryadli ekanligini isbotladi. Shu yo‘l bilan elektroforez usulida zarrachalaming zaryadlarini aniqlash mumkin bo‘ldi. Reyss tajribasida biz ikki hodisani ko‘ramiz: bulardan biri loy zarrachalarining musbat elektrod tomon harakati bo‘lsa, ikkinchisi suyuqlikning manfiy elektrod tomon harakatlanishidir. Suyuqlikning elektr maydonida g‘ovak jism orqali elektrodlar tomon harakat qilishi elektroosmos deyiladi. Elektroosmos yo'nalishiga qarab tuproq Reyss tajribasining sxemasi suyuqlik zaryadi ishorasini aniqlash mumkin. Rus olimlari I.Jukov va B.Nikolskiy elektroosmos hodisasidan foydalanib suvni tozalash usulini topdilar. Qo‘sh elektr qavatning bo‘lishi bir tomondan dispers sistemalarda elektrokinetik hodisaning bo‘lishi bilan, ikkinchi tomondan, dispers sistemada zarrachalaming majburiy siljishi yoki suyuqlikda elektr maydoni paydo boiishi bilan tushuntiriladi. Agar mitsellyar eritma orqali doimiy tok o‘tkazilsa AgNO3 mo‘l miqdorda olinganda hosil bo‘lgan kolloid zarracha katodga, KI mo’l miqdorda olinganda hosil bo‘lgan kolloid zarracha anodga tomon harakatlanadi. Bu hodisa elektroforez deyiladi. Elektrokinetik hodisalar geologiya, tuproqshunoslik, agrotexnika va texnikaning turli sohalarida keng qo‘llaniladi. Masalan, ular suspenziyalarni suvdan tozalashda, yog‘och va torfni quritishda, toza kaolin hosil qilishda, mashinalar detallarini bo‘yashda katta ahamiyatga ega.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin