Guruh: 153-22 kb raxbar


O‘zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash vazifalari



Yüklə 106,44 Kb.
səhifə11/13
tarix07.01.2024
ölçüsü106,44 Kb.
#210176
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

2.3 O‘zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash vazifalari

Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so'm ning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta ’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to'ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to'ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish hal qiluvchi ahamiyatga ega.Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshirib boriladi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so‘mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi.


Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag'batlantirib boriladi.So‘mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi yetarli valyuta zaxirasi bo'lishiga bog‘liq. Unga erishishda korxonalar va barcha subyektlarning, jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bolgan rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega.So‘mning barqarorligini ta ’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko‘p samara berishiga, olingan kreditlarning o ‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o ‘rin tutadi.Inflyatsiyaga qarshi puxta o'ylangan siyosat o'tkazish milliy valyutani mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir.
Bu siyosat eng avvalo, inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o'm atish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’Llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishda maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
Inflyatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o'sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o'sishi bilan bogMab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar yetarli bo'lmagan holda aholi qo'lida pulning ortiqcha ko'payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj olishiga sabab bo'ladi. Pul miqdori bilan birga narxlaming ham tobora o'sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigangiperinflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu o'z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izidan chiqishi aholi keng tabaqalarining qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo'lishi xavfini tug'diradi.
Tovarlar taqchilligi mavjud bo'lib turgan hozirgi bosqichda giperinflyatsiyani oldining olish uchun aholi iste’mol fondining o'sishini ishlab chiqariladigan mahsulot, ko'rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko'payishiga bevosita bog'liq qilib qo'yish zarur bo'ladi. Ichki bozorni mollar va xizmatlar bilan to'ldirish, muomalaga o'rinsiz ortiqcha pul chiqarilishiga yo'l qo'ymaslik, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash va xalq turmush darajasini o'stirishning muhim shartidir.So'm ning barqarorligini ta ’minlashda naqd pul emissiyasining o'sishiga, aholi qo'lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo'l qo'ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega.
Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o'z vaqtida qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o'sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo'l qo'ymaslik choralari ko'rilishi kerak.Inflyatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valyuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu o'navbatida, import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o'zgaradi.

Ushbu 2.3.ramda I.A.Karimovning valyuta almashinuvi haqidaga gaplari yozilgam:




Yüklə 106,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin