Guruh: 153-22 kb raxbar



Yüklə 106,44 Kb.
səhifə7/13
tarix07.01.2024
ölçüsü106,44 Kb.
#210176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Monetarizm - bu siyosat va amaliyotda hal qiluvchi omil sifatida muomalada bo’lgan pulni targ’ib qiluvchi makroiqtisodiy nazariya. Monetaristlar J.M.Keynsning iqtisodiy agentlar o’z mulklarini saqlab qolish uchun o’zlarining aktivlarining bir qismini naqd pulda ushlab turishlari haqidagi g’oyasini qabul qildilar. Shu bilan birga, monetaristlar mulk ob'ekti sifatida pulga bo’lgan talabni belgilaydigan spekulyativ motiv g’oyasini rad etishdi. Monetaristlar pulga bo’lgan talabni rentabellikning kerakli darajasini ta'minlash uchun turli darajadagi rentabellik va tavakkalchilik darajasidagi aktivlar portfelini shakllantirganda, xo’jalik yurituvchi subyektlarning mol-mulkini (aktivlarini) optimallashtirishning umumiy nazariyasi doirasida tushuntiradilar. Pul taklifining kengaytirilgan modeli, pul multiplikatori.
Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga oqib o’tishni hisobga olgan holda yoziladi. Bu model bir qator yangi o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi.Bular: - pul bazasi (rezerv pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saqlaydigan depozitlar summasi; - deponentlash koeffisiyenti - Cr = S/ D Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak,
MB=C+R

Pul taklifining kengaytirilgan modelini quyidagicha yozish mumkin:


Ms = m · MB
(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so’mlik pul bazasi hisobiga necha so’mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko’rsatadi.Cr miqdori – aholining o’z mablag’larini naqd pullar va depozitlar o’rtasida qanday proporsiyada saqlashni tanlashga bog’liq. rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo’ljallanayotgan ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog’liq.

II. BOB. PUL BOZORIDA MUVOZANAT
2.1 Pul bozorida muvozanatni ta’minlashning asosiy yondashuvlari
Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz. Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zahirasi miqdorini ko’rsatadi.
(M/P)s=M*/P*
Bu yerda: M - pul taklifi darajasini bildiradi; P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o’zgaruvchi )ni ko’rsatadi. 8.2-chizma real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog’liq bo’lmagan vaziyatni ko’rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko’rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. Bu holat foiz stavkasi qanchalik o’zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o’zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi.
Ushbu 2.1.chizma va 2.2.chizmada real pul muvozanat va pul bozorida taklifning grafigi tasvirlangan:




Yüklə 106,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin