Guruh: 153-22 kb raxbar


Pulga bo’lgan talab va taklif nazariy asoslari



Yüklə 106,44 Kb.
səhifə4/13
tarix07.01.2024
ölçüsü106,44 Kb.
#210176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

1.2 Pulga bo’lgan talab va taklif nazariy asoslari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag bari to ‘xtovsiz harakatda bo’ladi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida resurslar uchun to’ovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to’lashda pul qo’ldan-qo’lga o’tib, aylanib turadi. Pulning o ‘z vazifalarinibajarish jarayonidagi bu to'xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi. Pul muomalasi o'ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.


Muomalani ta ’minlash uchun zarur bo'lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog'liq:
Muayyan davrda, aytaylik, bir yil davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo'lgan tovarlar summasiga. Tovarlar va xizmatlar qancha ko'p bo'lsa, ularning narxi qancha baland bo'lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko'p pul miqdori talab qilinadi.
Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo’lgan talabni almashinuv tenglamasiyordamidaaniqlaydi:

M · V = P · Y

Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM. Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo‗lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o’zgarishi mumkin. V doimiy bo’lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo’ladi: M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi o’zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM o’zgarishiga bog’liq. Muomaladagi pul massasining o’zgarishi, klassik nazariyaga ko’ra, Y sekin o’zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta‘sir ko’rsatadi.
Bu holat ―pulning neytralligi‖ nomini olgan. Monetaristlar qoidasiga ko’ra hukumat pul massasining o’sish sur‘atini, real YaMMning o’rtacha o’sish sur‘ati darajasida ta‘minlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo‗ladi. Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi:
M=k*PY
Bu yerda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor;
K - koeffisiyentni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko’rsatadi. Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo’lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko’rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko’zda tutadi.
Pulga real talab quyidagi ko’rinishda hisoblanadi:
(M/P) = k Y
Bu yerda: M/R- real pul qoldig’i, kY- pul mablag’larining real zahirasi deb nomlanadi. Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd ko’rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko’rsatadi:
-transaksion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab;
-ehtiyotkorlik sababli (ko’zda tutilmagan holatlar uchun ma‘lum miqdorda naqd pullarni saqlash);
-spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun pulga talab).
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o’rtasidagi teskari bog’liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko’tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o’z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Ushbu 1.1-rasmda mamlakatda pul miqdori ko’payishi uchun xizmat qiladigan omillar keltirilgan:



Yüklə 106,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin